Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Isyon va Itoat

Ulug‘bek Hamdamning asarlari ichida "Isyon va itoat" romani kitobxonlarda, olim va  adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib,"Isyon va itoat" asari qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini, ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi."Isyon va itoat" romanida dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va kitob holida chop etilgan. "Isyon va itoat"asarida bosh qahramon Akbar bo'lib, uning  taqdiri va Xudoga isyoni,lekin uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan."Isyon va itoat" intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman - yengil o’qilmaydi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Ulug'bek Hamdamning "Isyon va itoat" asari yosh-u qari , katta-yu kichik kitobxonlarni birdek qiziqtira oladi, ularni chuqur o'yga tolishlariga va mulohaza yuritishlariga unday oladi. Romanning boshidan to so'ngigacha kitobxonlar asar ichida yashaydilar desak mubolag'a bo'lmaydi.
Kitob nomi: Isyon va Itoat
Kitobning asl nomi: Isyon va Itoat
Nashr qilingan til: Krillcha
Kitobning asl tili: o'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-20-505-5
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 6 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar