-
Vaqt mashinasi
Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Boshsiz chavandoz
Tomas Mayn Ridning o'ziga xos asarlaridan yana biri bu "Boshsiz chavandoz" romanidir. Asar 1865- yilda yozilgan. Asarni o’zbek tiliga esa, Sulton Muhammadjonov tarjima qilgan. Voqelar 1850- yillarda bo’lib o’tadi. Plantatorlardan bo’lgan Poyndeksterlar oilasi Texasning Kasa del Korvo deb nomlangan, asosan chavandozlar yashovchi hududiga ko’chib kelishadi. Voqealar aynan shundan boshlanadi. Romanning bosh g’oyasi ko’z bilan ko’rgan narsangizga ko’r- ko’rona ishonish emas, balki uni aql bilan taxlil qilish kerakligini kitobxonga tushuntirishdan iborat. Shu sababli ham roman, boshsiz chavandoz deb nomlangan. Genrining boshsiz tanasini topishdan ko’ra, uni ko’z bilan ko’rib turgan boshsiz chavandoz deb nomlash, inson hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan voqeaga sabab bo’lishi mumkinligini yozuvchi tushuntirmoqchi bo’ladi.
-
O‘nta negr bolasi
Detektiv asarlar qirolichasi hissoblangan, ingliz yozuvchisi Agata Kristining “O’nta negr bolasi” detektiv roman bo'lib, birinchi marta to’liq kitob ko'rinishida 1939-yil 6-noyabr Londondagi “Colins Crime Club” nashriyotida “O’n kichkina negrlar(Ten little niggers)”nomida nashr etildi.
-
O‘n besh yoshli kapitan
Fransuz yozuvchisi Jyul Vernning qalamiga mansub ''Oʻn besh yoshli kapitan“ (Un capitaine de quinze ans) asari sarguzasht roman hissoblanadi. 1878-yilda nashr etilgan.