Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Boshsiz chavandoz

Tomas Mayn Ridning o'ziga xos asarlaridan yana biri bu "Boshsiz chavandoz" romanidir. Asar 1865- yilda yozilgan. Asarni o’zbek tiliga esa, Sulton Muhammadjonov tarjima qilgan. Voqelar 1850- yillarda bo’lib o’tadi. Plantatorlardan bo’lgan Poyndeksterlar oilasi Texasning Kasa del Korvo deb nomlangan, asosan chavandozlar yashovchi hududiga ko’chib kelishadi. Voqealar aynan shundan boshlanadi. Romanning bosh g’oyasi ko’z bilan ko’rgan narsangizga ko’r- ko’rona ishonish emas, balki uni aql bilan taxlil qilish kerakligini kitobxonga tushuntirishdan iborat. Shu sababli ham roman, boshsiz chavandoz deb nomlangan. Genrining boshsiz tanasini topishdan ko’ra, uni ko’z bilan ko’rib turgan boshsiz chavandoz deb nomlash, inson hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan voqeaga sabab bo’lishi mumkinligini yozuvchi tushuntirmoqchi bo’ladi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz
 Endi esa asarning qahramonlariga keladigan bo'lsak, asarning asosiy qahramon Moris Jerald bo'lib, u yovvoyi yo’rg’alarni o’rgatishga usta, mohir chavandoz bo’ladi. Luiza Poydekster Morisning sevgani va samimiy obrazlardan biri hisoblanadi. Salbiy obraz hisoblangan Kassiy Kolxaun Poydeksterlarning qarindoshi bo'lib, u roman so’ngida o’zini otib o’ldiradi. Odamlar uni “boshsiz chavandoz” deb hisoblashgan Genri Poyndekster, Ovchi Zeb, El Kayyot laqabli Miguel Dias, Morisni sevib qolgan ayol Isidora va boshqalar. Roman sujeti bir qancha chigalliklarga boy. U tabiat tasviridan boshlanadi. 4 kishidan, ya’ni janob va xonim Poydekster, ularning farzandlari Luiza va Genri Poydeksterlar oilasi Kasa del Korvoga ko’chib kelishgandan so’ng, atrofdagilar uchun kechki bazm tashkil etishadi. O’sha yerlik bo’lgan chavandozlardan, Poyndeksterlarning hurmatini qozongan Moris Luizani sevib qoladi. Luiza ham unga bir ko’rishda oshiq bo’lgan edi. Biroq anchadan beri Luizaga ega chiqmoqchi bo’lgan Kassi Kolxaun ularni doim kuzatib yuradi.  Asar shu tariqa davom etadi . 
Kitob nomi: Boshsiz chavandoz
Kitobning asl nomi: The Headless Horseman
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-27-784-7
Nashr yili: 2017
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar