-
Noldan birga
Amerikalik biznesmen Piter Tilning dunyoga mashhur asari. Unda bir qancha o'ziga xoh qarashlar bayon etilgan. Bu kitob asosan yosh tadbirkorlar, investorlar uchun mo'ljallangan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Super hayot
Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe'l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.
-
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.
-
Men va Pul
Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
-
O'lsang kim yig'laydi?
Hali bola paytimda otam aytgan bir oʼgitni umr boʼyi yodimdan chiqarmayman: - Oʼgʼlim, sen tugʼilganingda yigʼlagan eding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashaginki, vafot etayotganingda dunyo yigʼlasin, sen esa shod-xurram boʼl. Biz aslida hamma hayotning oʼzi nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yoʼllay olamiz, lekin shundoq yonimizga koʼchib kelgan yangi qoʼshnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. Biz ballistik raketani yer sharining boshqa qismiga uchirib, moʼljalga aniq ura olamiz, biroq negadir bolalar bilan kutubxonaga borishni doimo orqaga suramiz. Bizda bir-birimiz bilan aloqani yoʼqotib qoʼymaslik uchun elektron pochta, fakslar, uyali telefonlar bor, ammo insoniyat hali hech qachon bu qadar tarqoq boʼlmagan.
-
Mening Hayotim
Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan.
-
Stiv Jobs
Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» asari ilk marotaba o‘zbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.