-
Bir kun. Bir muhabbat tarixi
Devid Nikollsning “Bir kun” romani oʻzbek tilida "Asaxiy Books" tomonidan bizga taqdim etilgan navbatdagi yangilik. Bu asar kitobxonlar orasida ommalashgan va "Galaxy Book of the Year" mukofotini olgan, zamonaviy ingliz adabiyoti bestselleri boʻlgan badiiy kitobdir. Devid Nikollsning qalamiga mansub bo'lgan ushbu roman: bebosh yoshlik, oqar daryodek umr, qoyadek mustahkam doʻstlik, sof muhabbat va boqiy sadoqat toʻgʻrisidagi romandir. Bu sevgining tabiati, murakkab munosabatlarni, inson psixologiyasini ochib beradigan, Gʻarbdagi zamonaviy sevgiga yangicha qarash imkonini beradigan samimiy kitobdir. Albatta , barcha kitobsevar insonlar qalbidan joy oladi!
-
Sen mening qalbimdasan
"Sen mening qalbimdasan" asari turk yozuvchisi bo'lgan yosh ijodkor Mehmet Erjan qalamiga mansub. Asar juda chiroyli so'zlar bilan boyitilgan, o'ziga xos uslubga ega , boshqa asarlardan yaqqol ajralib turadi. Asardan iqtiboslar:
Endi sevgim borligini bilsam, sensiz hech qachon yashay olmayman. Siz doim yuragimda bo'lasiz.
Men sizni hech qachon qo'yib yubormayman; Men seni hech qachon xafa qilmayman, chunki sen mening qalbimdasan.
-
Patrisiya
Omina Shenliko'g'li ushbu asarida o'z o'rnida sharq millatlariga xos va mos bo'lgan ibratli jamiyat g'arbda ham borligini yorqin ko'rsatib bergan. Buni "Patrisiya"asarida Josephlar oilasi misolida yaqqol uchratishimiz mumkin. Asar bosh qahramoni Patrisiya bo'lib , kitob nomi ham bosh qahramon nomi bilan atalgan.
-
Qarzga olingan umr
Asarda avtopoygachi yosh yigit hamda og'ir kasallika chalingan qizning ehtirosli sevgi qissasi haqida hikoya qilinadi.
-
Ishqqa yengilmayman
Ushbu " Ishqqa yengilmayman" asari turk yozuvchisi Omina Shenliko'g'li qalamiga mansub. Ushbu kitob inson qiymatini belgilab beruvchi tanlov haqida va unda bosh qahramon Yunus ismli yigit bo'lib, xudosizlikdan to Allohni tanishgacha bo‘lgan yo‘lga safarga chiqadi. Yunus o'zining bu safari davomida juda ko‘p qadriyatlari, ishongan va tayangan haqiqatlarini qayta ko‘rib chiqadi, o‘zini tanish iztirobi va lazzatidan bahramand bo‘ladi.
-
Ehromlar qizi Laylo
Omina Shenliko'g'li qalamiga mansub bo'lgan yana bir asar "Ehromlar qizi Laylo"asari bo'lib, juda chiroyli tarzda kitobxon qalbiga joylashadi. Asar o'z nomida ko'rinib turganidek asarning qahramoni aynan Laylo ismli qiz bo'lib, asar aynan shu qiz haqida so'zlaydi, Laylo otasining qarshiliglari, to'sqinliklariga qaramasdan, u sevgan va ishongan Husnu ismli yigitga turmushga chiqadi va uydan qochib ketadi... Bir qarashda Laylo uchun juda chiroyli boshlangan hayot asar nixoyasida ayanchli yakun topadi. Husnuga Laylo butunlay ishonadi, ammo yigit u òylagandek bòlib chiqmaydi, hammasi... Vaqt o'tib Ular ajralishadi. Laylo esa bitta farzandi bilan yolg'iz qoladi. Uning o'g'il farzandi bo'ladi va u aynan òĝli uchun yashashda davom etadi... Singlisi Oisha esa òz sevganiga otasini qarshiligi sabab turmushga chiqolmaydi, ammo baribir erishadi, baxti uzoqqa bormaydi, turmusht òrtoĝi vafot etadi...
-
Voz kech va tinchlan
Iste'dodli turk yozuvchisi Adem Guneshning "Yosh bola demang ularni", "Chinakam ota onalik san'ati" shu kabi asarlari bilan ko'pchilik o'zbek kitobxonlarning e'tiborini qozonib ulgurgan , adibning ana shunday, mashxur asarlaridan yana biri mazkur "Voz kech va tinchlan" deb nomlangan kitobi aynan shunday to‘siqlarga uchragan hamda yechim ustida bosh qotirayotgan insonlar uchundir. Asar 6 haftalik amaliyot dasturini o‘z ichiga olgan, siz ularni birma bir bosib o‘tish orqali hayotingizni yaxshilaysiz, biz yuqorida taʼkidlagan yorug‘likka erishasiz.
-
Ko'rinmas odam
Koʻrinmas odam — H.G.Uellsning ilmiy-fantastik romani. Dastlab 1897 yilda Pearson's Weekly jurnalida seriyalashtirilgan, o'sha yili roman sifatida nashr etilgan. Nomi nazarda tutilgan Ko'rinmas odam Griffin bo'lib, u o'zini optika bo'yicha tadqiqotlarga bag'ishlagan va jismning yorug'likni yutmasligi va aks ettirmasligi uchun havo sindirish ko'rsatkichini o'zgartirish usulini ixtiro qilgan. U bu protsedurani o'z-o'zidan amalga oshiradi va o'zini ko'rinmas qiladi, lekin uni qaytarishga urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Tasodifiy va mas'uliyatsiz zo'ravonlik amaliyotchisi Griffin dahshatli fantastika qahramoniga aylandi.
-
Dunyolar jangi
"Dunyolar jangi" — ingliz yozuvchisi Uellsning ilmiy fantastika romani boʻlib, 1895—1897 yillar orasida yozilgan, birinchi marta 1897 yilda Buyuk Britaniyadagi "Pearson's Magazine" va AQShdagi "Cosmopolitan" jurnallari tomonidan nashr qilingan. Romanning qattiq muqovadagi birinchi chiqishi 1898 yilda Londonlik noshir Uilyam Xeynman tomonidan bo'lgan. Bu insoniyat va yerdan tashqaridagi irq o'rtasidagi ziddiyatni batafsil tasvirlaydigan eng qadimgi hikoyalardan biridir.Roman Surreydagi noma'lum qahramon va uning Londondagi ukasi haqida bo'lib, birinchi shaxs tomonidan hikoya qilinadi, chunki Angliya janubi marsliklar tomonidan bosib olingan. Roman ilmiy fantastika kanonidagi eng ko‘p sharhlangan asarlardan biridir.