-
Qarzga olingan umr
Asarda avtopoygachi yosh yigit hamda og'ir kasallika chalingan qizning ehtirosli sevgi qissasi haqida hikoya qilinadi.
-
Ortga yo'l
"Uch og‘ayni", "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q", "Lissabondagi tun", "Qora haykal" romanlari bilan siz-u biz kitobxonga juda yaxshi tanish bo'lgan, taniqli nemis adibi Erix Mariya Remarkdir. Uning yana bir romanlaridan biri "Ortga yo'l"romani bo'lib, u ham sizga manzur keladi degan umiddamiz. Ushbu roman "G'arbiy frontda" asarining mantiqiy davomi sifatida nashr etildi.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Qora haykal
Siz va bizga ma'lum-u, mashxur bo'lgan nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Qora haykal”asari roman janrida yozilgan bo'lib, unda urushda qalbini yo‘qotgan, tuyg‘ularini qurbon qilgan insonlar haqida so'z boradi. Asar bosh qahramoni Lyudovig bo'lib, birinchi dunyo harbidan omon qaytgan askarlardan biri. Eski safdoshlari bilan qabrtoshi yasab sotuvchi firmada ishlaydi. Urushda 4 yil, urushdan so‘ng 1923-yilga qadar har kuni murdalar bilan yuzma yuz keluvchi qahramon. “Bir kishining o‘limi fojea. Yuz minglab odamlarning vafoti shunchaki statistika”.