Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Vilyam Shekspir

Tug'ilgan sanasi: 26 - aprel, 1564 Vafot etgan sanasi: 23 - aprel, 1616 Davlati: Angilya

Vilyam Shekspir (William Shakespeare, 1564, Stratford-upon-Avon — 23 aprel (3 may) 1616, oʻsha yerda) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri, kamida 17 ta komediya, 10 ta hronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetdan iborat siklning muallifi. Taxminan 1585-yilda ona shahrini tark etib, birmuncha fursatdan soʻng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shekspirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati toʻgʻrisida biror maʼlumot yoʻq. Ammo u oʻzining „Lordkamerger xizmatkorlari“ truppasi uchun (mazkur truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Taxminan 1612-yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.

Yozuvchi kitoblari