-
Azizim
“Azizim” 1885 yil - Mopassanning uchinchi respublika davridagi fransuz burjua jamiyati illatlari avj olgan sotqinlikni fosh etgan ikkinchi mashhur romani sanaladi. Asarning bosh qahramoni qishloq qovoqxonachisining o‘g‘li Jorj Dyuruadir. U Afrikada askar bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarni kamsitish va o‘ljani qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarda qatnashadi. Bular qahramon feʼl-atvorining qo‘pol shaxsiyatparast bo‘lib shakllanishiga taʼsir etadi.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Azizim, Po'rtaxol
Joze Vaskonselosning qalamiga mansub bo'lgan " Azizim, Po'rtaxol" asari bo'lib, asar avtobiografik tarzda yozilgan va kitobxonlar mehrini tezda qozongan. Ushbu "Azizim, Po'rtaxol" romani Braziliyada va ispan tilida so‘zlashuvchi juda ko‘p davlatlarda o‘rganish uchun maktab dasturiga kiritilgan. Roman qashshoq oilada yashaydigan besh yashar Zeze nomidan so'zlab hikoya qilib beriladi. Bu kitob birinchi navbatda bolalarga atalgan va o'z navbatida kattalarning muammolariga taalluqli hamdir. Yanayam aniqroq aytganda, kattalarning muammolari bolalarga salbiy munosabat ko‘rsatishga taʼsir etmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida. Mazkur asar kattalarga bolani qay tarzda baxtiyor etish mumkinligini o‘rgatadi.
-
Skafandr va kapalak
Jan-Dominik Bobining yana bir mashxur asarlaridan biri "Skafandr va kapalak" romani bo'lib, yozuvchining to'satdan eng gullagan payti ya'ni 44 yoshida orttirib olgan falaj kasalligi domida yaratilgan asari hissoblanadi. Jan-Dominik Bobiga birov barcha harflarni o'qib berib, keraklisiga kelganda ko'zini yumib ochishi orqali yozilgan va tutqundagi ruhning xotiralari, kechinmalaridan iborat asardir. Bu asarning qiymati shunchaki, badiiy to'qima emas, shu ahvolga tushgan odamning rostakam o'y-xayollaridir. U skafandriga qamalib fikrlar ekan, osmonda, ya'ni boshqa dunyoda kapalakning ozod bo'lishi mumkinmi-yo'qligini o'ylaydi. Kitob chop etilganidan ikki kun o'tib muallif vafot etadi.