Anri Rene Alber Gi de Mopassan
Tug'ilgan sanasi: 8 - may, 1850 Vafot etgan sanasi: 7 - iyun, 1893 Davlati: Fransiya
Anri Rene Alber Gi de Mopassan (1850.5.8, Turvilyasyur-Ark yaqinidagi Miromenil kalʼasi —1893.6.7, Parij) — fransuz yozuvchisi, Ruan li-seyini tugatgan. 1870—71 yillardafran-ko-prus urushida qatnashgan, G. Floberning shogirdi, rus alibi I.S. Turgenevni ustoz sanab, unga bagʻishlab maqolalar yozgan. Adabiyotga 1880-yilda sheʼrlar toʻplami va "Doʻndiq" novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar toʻplami, ocherk va pyesalar, koʻplab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. M. ijodi uchun turmushni obyektiv tasvirlash, tilining sodda (tabiiy) va taʼsirchanligi, "hayotni oʻzidanda ishonchli tasvirlash", qahramonlar obrazini ularning harakter va his-tuygʻulari orqali yaratishga intilish harakterli. M. maʼnaviy qashshoq, mu-nofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan ("Javohirot", "Oila bagʻrida", "Vasiyatnoma" "Bochkacha", "Iblis" va boshqalar). Uning "Daydi", "Shkaf", "Gadoy" kabi novellalarida turmush qaʼriga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda oʻzini sotishga tayyor ayollar obrazi "Ivetta", "Haqqoniy tarix" va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan. M. sof muhabbat ("Oy yogʻdusi", "Baxt")ni kuylaydi va maʼnaviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi ("Simon ota", "Marten qizalogʻi"), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi ("Doʻndiq", "Madmuazel Fifi", "Milon amaki"). Uning "Hayot" (1883), "Azizim" (1885), "Mont-Oriol" (1886), "Pyer va Jan" (1887—88) kabi romanlarida umumba-shariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. "Oʻlimdek kuchli" (1889), "Bizning qalb" (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli. "Hayot", "Azizim" romanlari (Ibrohim Gʻafurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima kdlingan.