Jan-Dominik Bobi
Tug'ilgan sanasi: 23 - aprel, 1952 Vafot etgan sanasi: 9 - mart, 1997 Davlati: Fransiya
Jan-Dominik Bobi (Jean-Dominique Bauby, 23 aprel 1952 — 9 mart 1997) — frantsuz jurnalisti, stsenarist, yozuvchi, ELLE France jurnalining bosh muharriri.
Jan-Dominik Bobining “Skafandr va kapalak” nomli asari, avvalo, cho‘ng bir iztirob, so‘ngra esa xuddi shunday umidga yo‘g‘rilganligi bilan e’tiborni tortadi. Ayni kuchga to‘lgan, hayot va ijodda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan 44 yoshli dramaturg sira kutilmaganda insultga chalinadi-da, to‘shakka mixlanib qoladi. Lekin u taslim bo‘lmaydi. Sog‘lom miya va bittagina ko‘z yordamida hayot uchun kurashadi. Chunki qolgan hamma a’zolar falaj holda: na qimir etadi, na gapiradi va na ovqat yeya oladi. Ishga yaroqli bittagina ko‘zi orqali logoped yordamida dunyo bilan muloqotga kirishadi. Buning uchun alifbodan foydalaniladi.