Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Mirzakarim Norbekov

Tug'ilgan sanasi: 17 - noyabr, 1957 Davlati: O'zbekiston

Mirzakarim Norbekov haqida eshitganmisiz? Taxminimcha, eshitgansiz. Har qalay so‘nggi 2-3 yil ichida menga duch kelgan «shaxsiy rivojlanish» muxlislaridan uning ismini shu qadar ko‘p marta eshitdimki, bu odam dunyo ilm-fanida inqilob qilib yuborgan shekilli deb o‘yladim. Uning ismi bunchalik ommalashib ketishi meni bir oz hayron qoldirdi. Chunki 2010 yillarda men birinchi marta uning ismini eshitganman va uning «Nasriddin ko‘zasi» kitobi yuzasidan Rossiya radiolaridan biriga bergan intervyusini eshitib ko‘rganman. O‘shanda ruschada unchalik yaxshi gapira olmaydigan bir odam bir-biriga mantiqiy aloqasi yo‘q mavhum gaplarni gapirgani esimda. 2015 yildan beri menga xat yozayotgan ba’zi kitobxonlar Norbekovni xalq tilida aytganda «asfaltga yotvolib» maqtashi sabab, bu insonga yana qiziqdim. Shundan beri uning odamning psixologik salomatligini tiklashda, shaxsiy rivojlanishdagi «inqilobiy» g‘oyalari haqida eshitaverib, unga bo‘lgan qiziqishim yana ortdi. Lekin barcha maqtovlar uning «shogirdlari» va “izdoshlari“dan bo‘lganligi, bu maqtovlar ba’zan o‘ta mubolag‘aga belangani xayolimga shubha oralatdi. Asta-sekin bu shaxsning kimligini bilish uchun, shaxsiy jurnalistlik tergovimni boshladim (professional jurnalistlikka mutlaqo da’vo qilmagan holda, albatta).

Yozuvchi kitoblari