Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari

AQSHlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari» kitobi ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kitob uchun oldindan buyurtma e’lon qilinmoqda. Ishda, o‘qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itadimi? Demak, AQSHlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun.

117 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
13 o'qigan
 
2 Taqriz
Diqqatni jamlab, chalg‘imasdan o‘z faoliyati bilan shug‘ullanish muammoga aylangan zamonda professor o‘zining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi. Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalg‘imasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda ta’kidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi. Kitobni o‘qib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘zingizga savollar berib boshlaysiz.
Kitob nomi: Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Kitobning asl nomi: Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Qattiq / 230
ISBN: 978-9943-23-167-2
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: None
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

  • 19-dekabr 2022 y. 8:39

    199

    Hozirgi zamonaviy dunyoda yashash osonlashgani bilan birga murakkablashib ham bormoqda. Kasb-hunarlar kundan-kunga ko‘paymoqda. Bunda 10 yil oldin yetti uxlab tushimizga kirmagan kasblar hayotimizga kirib keldi. Bu jadal rivojlanib borayotgan zamonda yashab qolish, rivojlanish qiyinlashib bormoqda.

    Ayni zamonamizda insonlarning turmush tarzi ham yengillashdi, ba’zi ishlar yuqori tezlikda bajariladigan bo‘ldi. Lekin, ko‘pchilik insonlar sayoz ish va yumushlarga chalg‘ib, o‘zlarining hayotlarida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan ishlarini unutib qo‘ymoqdalar.

    Shu va shunga o‘xshash muammolarga o‘zining falsafiy qarashlari, tajribadan o‘tgan bilimlari bilan yechim bergan Jorjtaun universiteti professori Kel Nyuportning “Diqqat” kitobini o‘qishni tavsiya qilaman.

    Unutmang, kam sonli aniq maqsadlilar jamoasiga qo‘shilib, ko‘p sonli chalg‘iganlar toifasini …

    Baholash: 0
  • 28-noyabr 2022 y. 12:21

    219

    Men bu kitobga qiziqib qolganim uchun qidirib shu saytdan topdim va bundan juda xursandman. Bu sayt tashkilotchilariga raxmat aytib qolaman. Kelajakda bu kitob men o'ylagan rejalarimga katta xissa qo'shishiga umidvorman.

    Baholash: 0

Iqtiboslar

  • Otabek Abdusattorov

    19-dekabr 2022 y. 8:43

    Agar siz yangi mahsulot ishlab chiqarmasangiz, qanchalik qobiliyatli va iqtidorli bo‘lmang, rivojlana olmaysiz.

  • Otabek Abdusattorov

    19-dekabr 2022 y. 8:44

    O‘z sohangizda ilgarilamoqchi bo‘lsangiz, tizimli ravishda sohangizga muvofiq mavzularni diqqat nurlarini jamlagan holda tadqiq etib, ulardagi yashirin haqiqatni yorug‘likka olib chiqishingiz kerak.

  • Otabek Abdusattorov

    19-dekabr 2022 y. 8:44

    Daholarning buyukligi ularning bor kuchini muayyan ishga — to‘liq iqtidorini namoyish qilgan holda yo‘naltira olishidadir.

  • Otabek Abdusattorov

    19-dekabr 2022 y. 8:44

    O‘zimiz uchun nima ahamiyatligini aniq bilsak, nima ahamiyatsizligini ham bilamiz.

  • Otabek Abdusattorov

    19-dekabr 2022 y. 8:45

    Miyamiz dunyoqarashimizni nimaga e’tibor berishimizga asosan shakllantiradi.

Janr bo'yicha boshqa kitoblar