-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.
-
Robert Kiyosaki maktabi
Yetuk ishbilarmon va yozuvchi, kelib chiqishi yapon boʼlgan Robert Kiyosaki asarlari bilan tanish barcha odamlar kitoblarning ularni qanday ruhlantirishini, yangi , boy va erkin hayot boshlash uchun beqiyos kuch-qudrat ato etishini biladilar.
Ushbu qoʼllanma aynan Robert Kiyosaki kitoblaridan ruhlangan, ammo keyin nima qilishni bilmagan, maxsus treninglar oʼtkazishga esa maʼlum sabablar bilan imkoniyati boʼlmagan yoki moliyaviy erkinlik yoʼlini shunchaki mustaqil ravishda oʼzlashtirishni xohlovchi boʼlajak boyvachchalarga moʼljallangan.
-
Ilon Mask. Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l
Texnologik mavzularda qalam tebratuvchi mashhur jurnalist Eshli Vens "Ilon Mask: Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l" kitobida Silikon vodiysining eng yorqin, tap tortmas tadbirkori ilon Maskning hayoti va muvaffaqiyatlarini ilk marotaba xolis hamda keng yoritiladi. Ushbu kitobni yozish uchun Vens Mask bilan 50 soatdan ortiq vaqt suhbatlashdi va uning oila a’zolari, do‘stlari, yaqinlari, u bilan ishlagan xodimlardan qariyb 300 kishiga murojaat qildi.
-
Rework. Prinsiplarsiz biznes
Biznesingizning yoshi va hajmi muhim emas. Kitob endigina O‘z biznesini boshlash haqida o‘ylayotgan yangi tadbirkorlar uchun ham (albatta, bir talay foydali maslahatlar berilgan), tajribali biznesmenlar uchun ham birdek foydali. Agar siz ulkan zavodning egasi bo‘lsangiz ham, shubhasiz, joriy etilishi foydadan xoli bo‘lmaydigan bir qancha tamoyillarga duch kelasiz.
-
Men va Pul
Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
-
O'lsang kim yig'laydi?
Hali bola paytimda otam aytgan bir oʼgitni umr boʼyi yodimdan chiqarmayman: - Oʼgʼlim, sen tugʼilganingda yigʼlagan eding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashaginki, vafot etayotganingda dunyo yigʼlasin, sen esa shod-xurram boʼl. Biz aslida hamma hayotning oʼzi nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yoʼllay olamiz, lekin shundoq yonimizga koʼchib kelgan yangi qoʼshnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. Biz ballistik raketani yer sharining boshqa qismiga uchirib, moʼljalga aniq ura olamiz, biroq negadir bolalar bilan kutubxonaga borishni doimo orqaga suramiz. Bizda bir-birimiz bilan aloqani yoʼqotib qoʼymaslik uchun elektron pochta, fakslar, uyali telefonlar bor, ammo insoniyat hali hech qachon bu qadar tarqoq boʼlmagan.
-
Beparvolikning nozik san'ati
"New York Times" bestselleri 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan So‘nggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali o‘zimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolg‘on tasavvurlarimiz va ularni to‘g‘rilash haqida yozdi. Nihoyat, u o‘zining achchiq haqiqatlarini qo‘lingizdagi kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli bo‘lishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni to‘xtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb ko‘rsatadi.
-
Morrining seshanba darslari
Ushbu kitob insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o‘zgalarga mehr ulashishga, har bir o‘zgarish va xatti-harakatdanmhikmat qidirishga, bir so‘z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o‘rgatadi.