Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Zukkolar va landavurlar. Muvaffaqiyat kaliti

Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimikin?

169 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
11 o'qigan
 
1 Taqriz
Malkolm Gladuell har doim mutloqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tug‘ilganligini va hech qachon oktyabrda tug‘ilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalardan ko‘ra osonroq o‘zlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obro‘li advokati bo‘lish uchun albatta yahudiy bo‘lish lozimligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, «Bitlz» va Mosart kabi shaxslarni nima bog‘lab turishini hamda ular nega o‘z tengdoshlaridan o‘zib ketganligini ko‘rsatadi. «Zukkolar va landavurlar» — «qanday qilib muvaffaqiyatli inson bo‘lish» bo‘yicha qo‘llanma emas. Bu siz o‘zingizga foydali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir. Bir necha yil davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlari ro‘yxatidan tushmagan ushbu kitobni ko‘plab mutaxassislar muvaffaqiyat haqidagi eng jiddiy kitob deb talqin etishgan. Kitob talabalarga, o‘qituvchilarga, o‘quvchilarga, tadbirkorlarga, umuman muvaffaqiyat qonunlarini kashf etish, o‘z ishida professional bo‘lishni, biror bir sohani o‘rganishni xohlaydiganlarga tavsiya etiladi.
Kitob nomi: Zukkolar va landavurlar. Muvaffaqiyat kaliti
Kitobning asl nomi: Outliers
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 240
ISBN: 978-9943-23-151-1
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 19-noyabr 2022 y. 20:18

    154

    qertrke dieee duduid rbejje djdidi ejejie fififi ejeje fjfiif ejeje fifif djeje fjfifi ejejej fififi ejejej fififi ejejej fifif ejeje fifif ejejej rjfifit ebebeh fififif rbrbeh fififk rbrnenr fififi rnejejr fififof rnejjee fifikgkf rjejeje

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar