Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov (Cho'lpon)

Tug'ilgan sanasi: 1 - yanvar, 1897 Vafot etgan sanasi: 10 - aprel, 1938 Davlati: O'zbekiston

Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.


1914-yil Toshkentga kelib, „Sadoi Turkiston“ gazetasi bilan hamkorlik qilgan. „Yangi Sharq“, „Ishtirokiyun“ (1920-yildan „Qizil bayroq“, 1922-yildan „Turkiston“) gazetasida adabiy xodim (1919-1923), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922-yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920-1923), „Buxoro axboroti“ gazetasida muharrir (1921-1922), „Turon“ teatrida direktor (1921; 1922-1923), „Mushtum“ jurnali va „Darxon“ gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924-1927) va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh (1927-1931), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935-1937).

Yozuvchi kitoblari