Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 16:59

    124

    Kitobdan iqtibos keltirish yoki xulosa yozishdan oldin kitobning mavzusi haqida yozishni yaxshi ko'raman. Ozgina izlanib ko'rsam "Atom odatlar" kitobi haqida ko'p xulosa va fikrlar berilgan ekan. Ayniqsa iqtiboslar ko'p keltirilib amalda ham qo'llab kelayotgan ekanmiz. Shunchaki ushbu kitobdan ekanligini bilmagan ekanmiz. Kamina xodimingiz kitob o'qishda hamma aytib o'tgan fikrlarga ko'p to'xtalishni xohlamayman. Sababi o'sha fikrlarni ko'p eshitgan yoki amalda allaqachon qo'llayotgan bo'laman.

    Yuqoridagi kitobda kelgan fikrlarni ko'pini Payg'ambarimiz alayhissalom sunnatlarida ko'rdim. Hadis va uning sharhlari bilan yaxshilab tanishib chiqqan odam buni darrovda his qiladi. Mana birini keltiraman:

    Kitobda: Bir marta odatni o'tkazib yuborish bu kutilmagan hodisa, ikki marta o'tkazib yuborish esa yangi odatning boshlanishidir. Ont ichib aytamanki, bu yoki shunga o'xshash so'zlarni qayerdadur o'qiganman. Ammo, manbani qidirishga bo'lgan barcha urinishlarim besamar ketdi.

    Yuqoridagi iqtibosni "Ey Ali, birinchi nazarni ortidan ikkinchisini ergashtirma" degan hadisda ham bor. Shundan anglab olsa bo'ladi.

    Ishni puxta qilish haqida ham yaxshi gaplar kelibdi. Bu ham biz musulmonlarga juda mashhur hodisa.

    Ana shunaqa gaplar.

    Mana bu qoida ham yaxshi ekan:

    Agar yangi narsa sotib olsam, bitta eski narsamni boshqalarga berib yuboraman. Biri kelsa, boshqasi ketadi.

    Baholash: 0
Izohlar 0