-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Abdulhamid so'ngi hukmdor
Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari roʼyxatida oʼz oʼrniga ega boʼlgan, bir qancha mukofotlar sohibi, turk adibi — Okay Tiryakioʼgʼlidan oʼtkir syujetli yana bitta roman sizlar uchun armugʼon qilindi. Endi siz “Аbdulhamid” bilan birgalikda Usmonlilar tarixining jumboqli va qizgʼin davrini yashashga tayyor turing. Sulton Аbdulhamidning sir-sinoatga toʼla saroyiga qadam tashlar ekansiz, buyuk sultonning xalqaro siyosiy muzokaralarida oʼzingiz ham ishtirok etayotganday boʼlasiz. “Birodarlik jamiyati” deb nomlanuvchi guruhning yillar davomida tayyorlangan uchta anarxisti tomonidan Parijda boshlangan tartibsizliklarning Istanbulda uyushtirilgan suiqasdga borib taqalishining yechimi topilib, endi hammasi iziga tushadi deb oʼylarkansiz, birdan oʼzingiz ham saroydagi voqealarning qoq markaziga tushib qolasiz. Goʼyoki sulton Аbdulhamid oldida paydo boʼlasiz. Аna endi siz oʼzingizni Qiziqtirgan savollarning javobini topa boshlaysiz: 93-urushda nimalar boʼlgan? Falastin mojarolarida-chi? Konstitutsiyani qabul qilish jarayonlari qanday oʼtgan? Parlament nega tarqatib yuborilgan? “31-mart voqealari” nimani bildiradi? Sulton bilan josuslar oʼrtasidagi qizgʼin tortishuvlarda ishtirok etib, siz ham saroydagi hiyla-nayranglar oʼrtasida yurasiz. Doʼst-dushmanning, xiyonat va muhabbatning qaerdan qanday paydo boʼlishini bilish qiyin boʼlgan bu romanning bosh qahramoni obrazida shaxsan ishtirok etayotganday his qilasiz oʼzingizni.