Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Javlon Jovliyev

Tug'ilgan sanasi: 15 - sentabr, 1991 Davlati: O'zbekiston

Javlon Jovliyev (Jovliyev Javlonbek Ortiqovich) – 1991 yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Gʻishtli qishlog‘ida tug‘ilgan. 2010–2014 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining «San’atshunoslik jurnalistikasi» yo‘nalishida tahsil olgan. 2015 yildan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi, “San’at nazariyasi va tarixi” (Sahna va ekran dramaturgiyasi) yo‘nalishi magistranti. Hozirgi kunda o‘qish bilan birgalikda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi» nashriyotida muharrir sifatida faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik”, “Teatr”, “Infolib” jurnallarida, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Toshkent oqshomi” va boshqa matbuot nashrlarida ijodiy ishlari va maqolalari chop etilgan. Jovliyev Javlon bugungi kunda ijodiy ishlari bilan birgalikda “Mustaqillik yillarida sahnada aks etgan mutafakkir ziyolilari obrazi” (O‘zbek Milliy Akademik drama teatr misolida) mavzusida ilmiy ish ustida ishlamoqda.

Yozuvchi kitoblari