Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Qo'rqma

Roman o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining  xotirasiga bag‘ishlanadi. 

73 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
14 o'qigan
 
4 Taqriz
Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig‘izki, shoshirib qo‘yadi. Majoz, obraz, ifoda, o‘t, hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, ko‘rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik da’vosidagi yolg‘onlar, ruh va qondagi paradokslar sizni o‘tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o‘ylatadi, yig‘latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O‘tgan asr boshida Germaniyada o‘qigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.
Kitob nomi: Qo'rqma
Kitobning asl nomi: Qo'rqma
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: Yumshoq / 376
ISBN: 978-9943-23-177-1
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 20-may 2023 y. 21:11

    136

    "Qo‘rqma"  asarini o‘qiy boshlar ekanman, roman yozilishini yangicha uslub-da deb baho berdim,  annotatsiya qismida lirizm deyilgan. Asarga kira solib, lirizmning ba'zi unsurlarigina bor ya'ni ba'zi so‘zlardagina she'riy hamohanglik qorishiq ekan, degan xulosaga keldim. Asar nomi "bozor adabiyoti" dagi   ko‘pchilik asarlarga o‘xshab  shunchaki motivatsion psixologik asar deb oldiniga unchalik e'tibor bermagandim: "Qo‘rqma"   -- shunchaki qo‘rqma, biror ishni uddalashga aslo qo‘rqma, va hokazo shu kabi fikrlar. Lekin "yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra" kabi  ko‘p o‘ylayvermasdan asarni o‘qir, o‘qiyverar ekanman tasvirlar meni ruhlantirdj, zavqlantirdi, ham quvontirdi, ham g‘amlantirdi. Tasvirlar: "... Samarqand o‘lim oldi xirqirayotgan go‘zal qizga o‘xshaydi. Azroil ko‘zlaridan ham uyalib, o‘la …

    Baholash: 0
  • 30-yanvar 2022 y. 12:46

    312

    Javlon Jovliyevning ushbu asari o'zi yashayotgan jamiyatga nisbatan noordinar fikrlaydigan tarixchi yigit nomidan yozilgan bo'lib, unda bizning yurtimiz uchun dolzarb mavzular ko'tarilgan. Ammo har qanday asarni yaxshi asar qiladigan narsa bu uning dolzarbligi emas, balki uning o'quvchi-kitobxonlarga yaqinligidir. Asarda men bunday narsani ko'rmadim. "Qo'rqma"ning yozilish uslubi bir muncha boshqacha, huddi chala shoirning prozasiga o'xshaydi: ko'p so'zlar qayta-qayta takrorlanib, tavtologiya hosil qiladi, matnda pleonazm ko'p, ortiqcha vergullar ham bir talay, bularning barchasi mutolaani qiyinlashtiradi. Asarning bunchalik mashhurligi siri Firuz Allayev ustalik bilan qo'llagan marketingdadir. Agar kitobni boshqa nashriyot chiqarganida bunchalik "hayp"ga erishmagan bo'lardi, chunki, yumshoq qilib aytganda, "Qo'rqma" bunday keng muhokamalarga va mashhurlikka …

    Baholash: 0
  • 15-yanvar 2022 y. 2:11

    258

    "Qo'rqma" haqida
    Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asari Asaxiy Book tomonidan chop etilgan. 
    O'tgan yili bu kitob trendga chiqganda kitobni ochib o'qishga harakat qildim. Birinchi varog'ini o'qiganimdan so'ng, asablarim portlab ketdi. Va uni hech qachon o'qimasam kerak deb, yopib tashlab qo'ydim. Odatda biron kitobni o'qishni boshlasam, u kitobni 5-10 bet o'qiganimdan so'ng, agar asar o'ziga tortsa, qiziqtira olsa o'qishda davom etaman. Agar aksincha bo'lsa, "bu asarni o'qishga hali tayyor emasman" deb, keyinroq o'qish uchun olib qo'yaman. Ammo, "Qo'rqmada bunday bo'lmadi. 1-2 sahifa o'qiganimdan so'ng kitobga bo'lgan qiziqish umuman so'ngdi va bu kitob atrofidagi shov-shuvlar ko'pirtirigan degan fikrga keldim. Chunki asar yozilish usuli …

    Baholash: 0
  • 31-oktabr 2021 y. 15:30

    546

    Javlon Jovlievning "Qo'rqma" asari haqida ilk bor do'stim Bookerbergning "Bookerberg View" (https://t.me/bookerberg/418) podcasti mehmoni bo'lgan Firuz aka Allaevdan eshitgandim. U yaqin orada Asaxiy Books tomonidan o'zbek adabiyoti vakili nashrdan chiqishi va bu umuman boshqacha asar ekanligi haqida gapirib o'tgandi.

    "Chiqsa, sotib olaman", - deb yurgandim, kutilmaganda yaqinda Asaxiy Books'ning o'zi menga sovg'a qilib qoldi. Bookblogerlarga bu asar sovg'a qilinishini ko'pchilik "piar" deb atagan bo'lsa-da, asar mutolaasi davomida bu unchalik ham to'g'ri emasligiga o'zingiz ham iqror bo'lasiz.

    "Qo'rqma" asarini yozilish uslubi boshqa nasriy asarlardan tamoman farq qiladi. Unda she'riyatga bo'lgan intilish yaqqol seziladi. Matnlar oson o'qiladi, Tog'ay Murod romanlari kabi. Epizoddan …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

  • Murodjon Normatov

    3-yanvar 2022 y. 2:32

    Bizda tirikni emas, o'likni hurmat etarlar.

  • Murodjon Normatov

    3-yanvar 2022 y. 2:48

    Kimdir, ayol yo bokira bir qiz, Vatan uchun o'lmog'i kerak-ku tug'ishdan ortib! Men ona bo'lmoqdan ko'ra, shu millat uchun yuksak o'qimoqni afzal ko'rdim! Yo xato qildimmi, ota? Faqat qulfarzand tug'moq sharafmi bu qopqondagi yurtda? Onalar shundog' ham ko'p-ku, ichlari to'la bola! Men ular tuqqan bolalarni to'plamoqchi edim ilmga, ma'rifatga, ammo qarshimda turibdi bir o'q va baxtiqaro ota!

  • Murodjon Normatov

    3-yanvar 2022 y. 15:30

    Eshakqurtlarga yem bo'lib ketish uchun dunyoga kelmaganman, yo'q!

  • Murodjon Normatov

    13-yanvar 2022 y. 1:59

    Bizdagi boyqush uyasining holiga kelib qolgan maktablarda odamlar bolalikdan o'lim uchun tayyorgarlik ko'radi. Bu dunyo uchun emas, faqat u dunyo uchun ilm yig'adi. Natijada, obod yerimiz o'zgalarga tortiq bo'ldi, o'zimiz esa xarob bo'ldik, xoru zor bo'ldik. Ilmdan, ma'rifatdan qaytdik, jaholat tomon qochdik!

  • Murodjon Normatov

    13-yanvar 2022 y. 2:00

    Lola tarixga qo'ylardan biroz ko'proq, bobomdan esa kamroq qiziqadi.

Janr bo'yicha boshqa kitoblar