Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 15-yanvar 2022 y. 2:11

    263

    "Qo'rqma" haqida
    Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asari Asaxiy Book tomonidan chop etilgan. 
    O'tgan yili bu kitob trendga chiqganda kitobni ochib o'qishga harakat qildim. Birinchi varog'ini o'qiganimdan so'ng, asablarim portlab ketdi. Va uni hech qachon o'qimasam kerak deb, yopib tashlab qo'ydim. Odatda biron kitobni o'qishni boshlasam, u kitobni 5-10 bet o'qiganimdan so'ng, agar asar o'ziga tortsa, qiziqtira olsa o'qishda davom etaman. Agar aksincha bo'lsa, "bu asarni o'qishga hali tayyor emasman" deb, keyinroq o'qish uchun olib qo'yaman. Ammo, "Qo'rqmada bunday bo'lmadi. 1-2 sahifa o'qiganimdan so'ng kitobga bo'lgan qiziqish umuman so'ngdi va bu kitob atrofidagi shov-shuvlar ko'pirtirigan degan fikrga keldim. Chunki asar yozilish usuli man o'qigan boshqa kitoblardan farqlanib turardi. Ayniqsa birinchi sahifalarida bu "usul" kitobxonni jahlini chiqarishi mumkin.
    Lekin, yanvar oyi boshlarida o'zimda yana kuch topib kitobni qayta ochdim va boshidan o'qishga harakat qildim! Bir narsa qilib 5-6-sahifalardan eson-omon o'tib olgach, asar o'ziga jalb qila boshladi, 10-15 daqiqa o'qib keyinroq davom ettiraman degan hayol bilan boshlagan joyimda 5 soatga yaqin tinmasdan o'qidim.
    Asardagi yumor, undagi voqelikni ifodalash, undagi keskinlik undagi ochiqlik kitobxon dunyoqarashini o'zgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, tarixga qiziquvchilarni va millat tarixi va kelajagiga befarq bo'lmaganlarni.
    Bu asarni o'qish davomida kitobxonni doimiy ravishda o'ziga tortib turdi, mutooladan so'ng tugatilgan sahifalar insonni o'ylashga, tafakkur qilishga majbur etadi. O'zlikka savollar berishga undaydi. Kitobdagi ba'zi qarashlarni, fikr va mulohazalarni hazm qilish og'ir kechadi. 
    "Qo'rma" asarida bosh qahramon tarix va o'tmishni qiyoshlashga harakat qiladi. Bir asr avval Markaziy Osiyolik 70 talaba hayotlarini xatarga qo'yib Germaniyaga ilm olish uchun borishadi. Ularni moddiy qo'llab-quvvatlash uchun jadidlar tomonidan "Ko'mak" hayriya tashkiloti tuziladi. Bu tashkilotga yuzlab, minglab vatandoshlar talabalar uchun hayriyalar qilishadi. Maqsad bitta: o'sha davrda dunyoning eng iqtisodi, sanoati, ilm-fani rivojlangan mamlakatda yoshlarni o'qitib, ular yordamida qoloq, mustamlakaga aylagan ona yurtni rivojlashtirish bo'ladi. Amma sovet hukumati bunga qarshi chiqadi va talabalarni vatanga qaytishini talab qiladi. Ko'plab talabalar yana hayotlarini xavfga qo'yib vatanga qaytishadi va ular "xalq dushmani", "josus" sifatida qatag'on qilinishadi.
    Bosh qahramon shu 70 talabalarni izlab Germaniyaga boradi talabalar hayoti bilan o'zining, xonadosh do'stlarining boshdan kechirganlarini, hayot tarzini solishtirishga harakat qilgan. Muallif bu o'xshatish va qiyoslashlar orqali uzoq tariximizni, yaqin tariximizni, eng yangi tariximizni va hozirgi kunimizni bir-biri bilan qiyoslash jarayonida juda ko'plab murakkab xulosalar qiladi, kitobxonga dadil xabarlar yuborishga urungan. Va uddalagan.
    Qisqasi, bu kitobni o'zini o'zbek deb biluvchi har qanday inson o'qishi shart!
    Iqtiboslar:
    - Bizda tirikni emas, o'likni hurmat etarlar.

    - Kimdir, ayol yo bokira bir qiz, Vatan uchun o'lmog'i kerak-ku tug'ishdan ortib! Men ona bo'lmoqdan ko'ra, shu millat uchun yuksak o'qimoqni afzal ko'rdim! Yo xato qildimmi, ota? Faqat qulfarzand tug'moq sharafmi bu qopqondagi yurtda? Onalar shundog' ham ko'p-ku, ichlari to'la bola! Men ular tuqqan bolalarni to'plamoqchi edim ilmga, ma'rifatga, ammo qarshimda turibdi bir o'q va baxtiqaro ota!

    - Eshakqurtlarga yem bo'lib ketish uchun dunyoga kelmaganman, yo'q!

    - Lola yerga qaraydi. Men osmonga. Nigohlarimiz tuproqdan ko'kka qadar uzoqlashadi.

    - Biz mag'lub millatmiz, g'ururni unutgan, qorin uchun yashashga o'rgangan va ko'ngan.

    Baholash: 0
Izohlar 0