-
XX asr boshlari o‘zbek she'riyatining yangilanish tamoyillari
Ilk bor joriy yozuvda sizga taqdim etilayotgan ko‘pdan-ko‘p manbalar, she’rlar, milliy marshlar fikrimiz isbotidir. Hurriyat yo‘li bizga ulardan meros qolgan.
Ushbu monografiya jadid she’riyati, xususan, yangi o‘zbek she’riyatining poetik xossalari, vazn va ritm muammolari, obrazlar tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Monografiya soha mutaxassislari, talabalar, milliy adabiyotimizga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi adabiyotshunoslik ufqlarini ochishiga ishonamiz.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Lison ut-Tayr
Alisher Navoiyning mashxur dostonlaridan yana biri "Lison ut-tayr" dostoni bo'lib, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan hissoblanadi. Doston 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asarning syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. Asar falsafiy doston va Navoiy unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.
-
Mehrobdan chayon
Qodiriyning ikkinchi yirik asari hissoblangan, „Mehrobdan chayon“ asari 1928-yil fevral oyida yozib tugatilgan va 1929-yil Samarqandda bosilib chiqilgan. Roman mavzui ham XIX-asr adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atalishiga sabab shuki: ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Shuningdek romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.
-
Ma`naviy Masnaviy (To'plam)
''Ma`naviy Masnaviy'' (To'plam) asari Jaloliddin Rumiyning shoh asarlaridan biri hissoblanib, bu asarda sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jilddan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qur'onning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdi