-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Muallif, taniqli moliyaviy tahlilchi, moliyaviy erkinlikning 3 ta asosiy omilini ko'rsatib beradi. Ma'lum bo'lishicha, hamma narsa juda oson va sodda, va eng muhimi - bu omillar ishlaydi! Siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa - kundalik vazifalaringizni biroz o'zgartirish va siz allaqachon o'zingiz xohlagan narsaga pul tejabgina qolmasdan, balki sarmoya kiritishni ham boshlashingiz mumkin.
-
Rework. Prinsiplarsiz biznes
Biznesingizning yoshi va hajmi muhim emas. Kitob endigina O‘z biznesini boshlash haqida o‘ylayotgan yangi tadbirkorlar uchun ham (albatta, bir talay foydali maslahatlar berilgan), tajribali biznesmenlar uchun ham birdek foydali. Agar siz ulkan zavodning egasi bo‘lsangiz ham, shubhasiz, joriy etilishi foydadan xoli bo‘lmaydigan bir qancha tamoyillarga duch kelasiz.
-
Boy ota, kambag'al ota
Har kim oʼz farzandiga bilganicha taʼlim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning oʼz qarashi bor. Аmmo kelajak kimning yoʼli toʼgʼriroq ekanini, albatta, koʼrsatadi.
-
Mening Hayotim
Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan.
-
Stiv Jobs
Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» asari ilk marotaba o‘zbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.