-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
So'z latofati
Taniqli va iste'dodli o'zbek adibi Erkin Vohidovning quyidagi "So'z latofati" asari hissoblanadi. Va albatta, "So'z latofati" asari nasriy asarlar to'plami bo'lib, asarga adibning maqola va risolalari kiritilgan. O'z nomi bilan ko'rinib turibdiki asar milliy adabiyotimiz va ona tilimiz haqida qisqa qilib aytganda so'zning latofati haqida boradi. Ilk marotaba asar 2014-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan. 2018-yilda esa, xuddi shu nashriyotda kitobning toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri chop etilgan. Toʻplamga shoir oʻzbek tili mavzusida turli yillar davomida yozgan maqolalar va risolalar kiritilgan. Xususan, toʻplamdan Vohidov oʻzbek tili grammatikasidagi qiyinchiliklar haqida yozgan satrlar o'rin egallagan.