-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Zamonamiz qahramoni
Ushbu "Zamonamiz qahramoni" asari rus adabiyotidagi birinchi ijtimoiy-psixologik roman hissoblanadi. Asar Lermontov tomonidan 1838-1840 yillarda yozilgan bo'lib, 1840-yilda nashr qilingan. Rus adabiyoti klassik namunalaridan biri. Asar markazida – Pechorin turadi. Pechorinni esa Bela, Maksim Maksimich singari atrof-muhit va jamiyat unchalik taʼsir oʻtkazmagan oddiy va tabiiy shaxslar oʻrab turadi. Pechorin ulardan aslzoda nasabi, tarbiyasi va shaxsiy ulugʻvorligi bilan yuqori turadi. Vaqti-vaqti bilan Pechorin ularga yaqinlashadi, lekin baʼzida ularga nisbatan qattiqqoʻllik ham qiladi. Asarda biz Pechorinni tushungan, shunga oʻxshash ikkita obrazni koʻramiz. Bular: doktor Verner bilan Vera. Pechorin – bu Lermontovning adabiyotdagi oʻzining ikkinchi “men” degan shaxsiyatidir. Lermontov rus adabiyotida Pushkin asos solgan “ortiqcha odamlar” tipini mazkur obraz orqali yanada rivojlantirdi.
-
Аjib yangi dunyo
Ingliz yozuvchisi Oldos Xakslining “Ajib yangi dunyo” asari jahon klassikasining shedevri hissoblanib , u eng mashhur uch antiutopik asarlarning biridir. Asar 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, ijtimoiy-fantastik roman hissoblanadi.“Ajib yangi dunyo”asarida reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi.