Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Mixail Yuryevich Lermontov

Tug'ilgan sanasi: 3 - noyabr, 1814 Vafot etgan sanasi: 15 - iyul, 1841 Davlati: Rossiya

Lermontov 1814 yil Moskvaning Krasniʼe Vorota mintaqasida dunyoga keldi. U 2 yoshga toʻlganda onasidan judo boʻldi. 1828 yilgacha Penza guberniyasining Tarxani qoʻrgʻonida buvisining tarbiyasida boʻldi. 1828 yilda Moskvaga keladi va MU pansionatiga oʻqishga kiradi. 1830 yil 16 yoshida MUning filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u Belinskiy, Ogarev, Gersenlar bilan birgalikda oʻqishadi, lekin oradan 2 yil oʻtgach oʻqishni tashlab Peterburg harbiy bilim yurtiga oʻqishga kiradi. Uning nomini bashariyatga tanitgan, barcha xalqlar dilida mangu yashaydigan qilgan omil – uning sheʼriyatidir. U adabiyotga bir olam ijod mahsulini berdi. Butun dunyoni hamon hayratga solayotgan va millionlar dilini zabt etayotgan sermazmun va insoniy hissiyotlarga boy lirik sheʼrlari, aslo oʻlmas va soʻnmas dramalari: “Loʻlilar”, “Ispanlar”, “Gʻalati odam”, “Maskarad”, “Ikki ogʻa-ini”. Poemalari: “Boyarin Orsha”, “Shoh Ivan Vasilevich, navjuvon yasovul va azamat savdogar Kalashnikov haqida qissa”, “Qochqin”, “Msiri”, “Demon”, “Ismoilbey”, “Xoji Abrek”, “Cherkaslar”. Romanlari: “Vadim”, “Zamonamiz qahramoni”. Bularning barchasi bitmas-tuganmas adabiy xazinani tashkil etadilar.


 

Yozuvchi kitoblari