-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Sotuv psixologiyasi
Brayan Treysini eng mashxur bestseller asarlaridan biri hissoblangan '' Sotuv psixologiyasi'' kitobi kitobxonlar uchun juda katta yordamchi bo'la oladi. Asarda biz o'ziga ishonchni qanday shakllantirish haqida ko'p narsalarni o'rganishimiz mumkin.
-
Omma psixologiyasi
Gustav Lebonning "Omma psixologiyasi " asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e'tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.
-
Iqrornoma
Inson umrining mohiyati nima? Uning bu dunyoga kelib ketishida qanday ma’no bor? Jahonning buyuk mutafakkirlari, mashhur faylasuflar hamisha ana shu savollar ustida bosh qotirganlar. Buyuk adib Lev Tolstoy uzining «Iqrornoma» asarida inson umrining mazmuni haqida bosh qotirar ekan, uning hayotida e’tiqodningg dinning o‘rni va roli haqidagi teran mushohadalarni o‘rtaga tashlaydi, ulkan daholarni qiynagan ma’naviy muammolarga javob izlaydi. Asar Lev Tolstoy hayoti va dunyoqarashining yangi qirralarini aks ettirganligi bilan muhim va qadrlidir.