-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Lison ut-Tayr
Alisher Navoiyning mashxur dostonlaridan yana biri "Lison ut-tayr" dostoni bo'lib, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan hissoblanadi. Doston 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asarning syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. Asar falsafiy doston va Navoiy unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.
-
Tohir va Zuhra
“Tohir va Zuhra” doston hissoblanib, xalq og'zaki ijodiga tegishli va xalq dostonining asosiy mavzusi o'z nomi bilan ko'rinib turganidek ,sevgi-muhabbat haqidadir. Dostonda sevgi o‘zida samimiyat, vafo va sadoqat, mardlik va jasorat, ezgulik va adolat kabi olijanob fazilatlarni mujassamlashtirgan, kurashlarda chiniqqan armonli sevgidir. Tohir ham, Zuhra ham sevgi va kurashda kamol topadi, hech qanday kuch ularning qaroridan qaytarolmaydi, hattoki, o‘lim tahlikasi ham sevgi yo'lidan chekinishga monelik qilolmaydi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylanadi. Qo‘lingizdagi ana shu doston Siz aziz o‘quvchilarning sevimli kitobingiz bo‘lib qolaqi, degan umiddamiz
-
Malika ayyor
"Malika Ayyor" dostoni siz-u bizga tanish bo'lgan, "Go’ro'g'li" turkumiga kiradigan ko'plab dostonlardan biri bo'lib, doston baxshi Fozil Yo'ldosh tomonidan kuylangan. Doston haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, u an'anaviy ravishda muhabbat hamda, ishqiy sarguzashtlar bilan boshlangan va dostonning davomida sevgiga doir kechinmalar tasvirlangan bo'lib, uning tag zamirida esa, aslida imon-e'tiqod, or-nomus, insoniy iroda, topqirlik, chidam singari ezgu ma'naviy sifatlar hamda bunday fazilatlarga ega bo'lish uchun odam o'tishi zarur sinovlar tasvirlanadi.
-
Javzo tashrifi
Iste'dodli shoir Matnazar Abdulhakim qalamiga mansub bo'lgan "Javzo tashrifi"dir. U to'plam bo'lib, unda she'r va dostonlar saralanmasi joy olgan. Har bir she'rga oshno qalblar uchun buyuk asar hissoblanadi. Uni o'qishni yosh-u qari kitobxonga tavsiya etamiz. -
Rustamxon
O'zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan "Rustamxon" dostoni ming yillar buyon xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglab kelinadi. "Rustamxon" dostonining bu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov tomonidan yozib olingan. Dostonni nashri esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor tomonidan tayyorlangan.