Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Malika ayyor

"Malika Ayyor" dostoni siz-u bizga tanish bo'lgan, "Go’ro'g'li" turkumiga kiradigan ko'plab dostonlardan biri bo'lib,  doston baxshi Fozil Yo'ldosh tomonidan kuylangan. Doston haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, u an'anaviy ravishda muhabbat hamda, ishqiy sarguzashtlar bilan boshlangan va dostonning  davomida sevgiga doir kechinmalar tasvirlangan bo'lib, uning tag zamirida esa, aslida  imon-e'tiqod, or-nomus, insoniy iroda, topqirlik, chidam singari ezgu ma'naviy sifatlar hamda bunday fazilatlarga ega bo'lish uchun odam o'tishi zarur sinovlar tasvirlanadi.

Janri: Doston
0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
 "Malika Ayyor " dostoni o‘zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lib, ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib kelinmoqda. Va albatta, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Malika Ayyor" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshilaridan biri bo'lgan, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955) tomonidan kuylangan. Muhammadisa Ernazar o‘g‘li tomonidan esa, yozib olingan. O‘zbek xalqining buyuk adiblaridan biri hissoblangan, Hodi Zarifov (1905-1972) esa birinchi bor nashrga tayyorlagan. To‘liq holatda yozma holatga keltirishi esa Zubayda Husainova tomonidan amalga oshirilgan."Malika Ayyor" dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. 
Kitob nomi: Malika ayyor
Kitobning asl nomi: Malika ayyor
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-6031-4-1
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar