Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Rustamxon

O'zbek va turkman xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan "Rustamxon" dostoni ming yillar buyon xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglab kelinadi. "Rustamxon" dostonining bu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov tomonidan yozib olingan. Dostonni nashri esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor tomonidan  tayyorlangan.

Janri: Doston
0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Rustamxon" dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-eʼtiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug‘lanishi, haqiqatning doimo g‘alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Sultonxonning farsandsizligi, uning o‘rtancha xotini Huroyimning farzandli bo‘lishi haqidagi xabardan keyin safarga chiqib ketishi, Rustamxonning tug‘ilishi, ikki kundoshning qilgan yovuzliklari, Maston kampirning kirdikorlari, Rustamxonning onasi Huroyim bilan birga qilgan safari, Rustamxonning ajdarni o‘ldirishi, Oftoboyga uylanishi, oxir-oqibat Sultonxonning Huroyim va Rustamxon bilan qayta topishishiga guvoh bo‘lasiz.
Kitob nomi: Rustamxon
Kitobning asl nomi: Rustamxon
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7786-3-4
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zukko kitobxon
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar