Matnazar Abdulhakim
Tug'ilgan sanasi: 20 - fevral, 1948 Vafot etgan sanasi: 25 - yanvar, 2010 Davlati: O'zbekiston
Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlogʻida tugʻildi. Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Harbiy xizmatdan soʻng Urganch tuman roʻznomasida boʻlim mudiri, maktablarda rus tili va adabiyoti muallimi boʻlib ishladi. Jurnalistika bilan shugʻullandi. 1982–1997 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha Xorazm Maʼmun akademiyasida ilmiy xodim boʻlib ishladi. Ilk sheʼrlarini boshlangʻich sinflarda oʻqib yurganida yozdi. Dastlabki toʻplami “Tiniq tonglar” 1982 yilda chop etildi. Shundan soʻng “Fasllar qoʻshigʻi” (1986), “Qor qoʻshigʻi” (1990), “Mavj”, “Yonimdagi daryolar”, “Qorachiqdagi dunyo” (1994), “Oydinlik”, “Bir quchoq gul” (Xorazmcha sheʼrlar, 1997), “Iymon tuhfasi” (1997), “Yolgʻiz yaproq” (1999), “Yaldoni yoritgan nur” (tarjimon talqinlari, 2-kitob, 2001), “Javzo tashrifi” (2008), “Koʻprik” (2009) kabi kitoblari bosilib chiqdi.