-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Hamlet
Juda ko'p asarlari va o'zgacha uslubi bilan hammaning qalbidan joy olgan adib Vilyam Shekspir qalamiga mandub bo'lgan, "Hamlet" tragediyasi ham hammamiz uchun tanish, toʻliq nomi esa "Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi". " The Tragedy of Hamlet, Prince of Denmark" bu esa asarning ingliz tilidagi nomidir. Vilyam Shekispir ushbu tragediyani 1599-1602-yillar oralig'ida yozgan. "Hamlet" pyesasidagi voqea va hodisalar Daniya qirolligida boʻlib o'tadi. Hamletning otasi Qirol Hamletning ruhi oʻgʻlini amakisi Claudiusdan ya'ni Klavdiydan oʻch olishga undaydi. Claudius oʻz akasini oʻldirib, taxtni qoʻlga kiritib, akasining bevasiga uylanadi. "Hamlet" Shekspirning eng uzun pyesasi va ingliz adabiyotidagi eng kuchli va taʼsirli tragediyalardan biri hisoblanadi. Pyesa koʻp marta qayta hikoya qilingan, oʻzgartirilgan. „Hamlet“ Shakespeare tirikligidagi eng mahshur pyesalardan biri boʻlib, hozirgi kunda ham muallifning eng koʻp sahnalashtirilgan asarlaridan biridir. Asar 1879-yildan beri Qirolli Shakespeare kompaniyasi va Stratford-upon-Avondagi avvalgi teatrlarning eng mashhur pyesalari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab keladi.