-
500 yildan so'ng
Turk adibalaridan biri bo'lgan Omina Shenliko'g'li o'zining kutilmagan mavzudagi asarlarni bizga taqdim etishi bilan mashxurdir. Adibaning yana bir "500 yildan so'ng" asari "Azon kitoblar" tomonidan ilk bor nashr qilingan va fantastik roman bo'lib ushbu asar hali turkiyada ham chop etilmagani bilan kitobxonni o'ziga jalb qila oladi. Kitob o'z nomi bilan fantastik ko'rinishda kelajakda insoniyat olamidagi yutuqli o'zgarishlar hamda shu bilan bir qatorda, insoniyatning yo'qotishlari haqida fantastik ruhda yozilgan romandir.
-
Vaqt mashinasi
Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Odam - amfibiya
Rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub roman "Amfibiya odam“ romani bo'lib, ruscha nomi esa , " Человек-амфибия"dir. Asar ilmiy-fantastik roman janrida yozilgan. Roman 1927-yilda yozilgan. Asar asar birinchi marotaba 1928-yil „Вокруг света“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham ayni shu yili nashr qilingan. Asar bosh qahramoni Ixtiandr bo'lib , u ham suvda, ham qururlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.
-
Garri Potter va afsonaviy tosh
Garryi Potter va hikmatlar toshi boshqacha nomi esa Garri Potter va afsonaviy tosh hissoblanadi. Inglizcha nomi bo'lsa " Harry Potter and The Philosopher's stone" . Asar ingliz bolalar yozuvchisi Joanna Ketlin Rouling qalamiga mansub. Fantezi janrida yozilgan roman boʻlib, adibaga kofta muvaffaqqiyat olib keegan. Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi. Roman birinchi marotaba 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi va jahon boʻylab 120 million nusxada sotildi. Buning natijasida eng koʻp sotilgan uchinchi kitob boʻldi. Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan video oʻyin . Harry Potter va hikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ham boʻldi.
-
O‘nta negr bolasi
Detektiv asarlar qirolichasi hissoblangan, ingliz yozuvchisi Agata Kristining “O’nta negr bolasi” detektiv roman bo'lib, birinchi marta to’liq kitob ko'rinishida 1939-yil 6-noyabr Londondagi “Colins Crime Club” nashriyotida “O’n kichkina negrlar(Ten little niggers)”nomida nashr etildi.
-
O‘n besh yoshli kapitan
Fransuz yozuvchisi Jyul Vernning qalamiga mansub ''Oʻn besh yoshli kapitan“ (Un capitaine de quinze ans) asari sarguzasht roman hissoblanadi. 1878-yilda nashr etilgan.
-
Dorur-rohat musulmonlari
Buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati asoschisi Ismoil Gaspralining «Dorur-rohat musulmonlari»kitobiga adibning «Dorur-rohat musulmonlari», «Farangiston maktublari», «Ovrupo madaniyatiga betarafona bir nazar» asarlari kiritilgan.