-
Noldan birga
Amerikalik biznesmen Piter Tilning dunyoga mashhur asari. Unda bir qancha o'ziga xoh qarashlar bayon etilgan. Bu kitob asosan yosh tadbirkorlar, investorlar uchun mo'ljallangan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
To'rtinchi sanoat inqilobi
"To'tinchi sanoat inqilobi" deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o'xshamaydi. "To'tinchi sanoat inqilobi" kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o'ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o'zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo'lishingiz mumkin.
-
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.
-
Men va Pul
Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
-
Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari
Har bir tadbirkor, rahbar va menejer o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar bor. Ulardan biri «Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari» kitobi hisoblanadi.
-
Dunyoning eng buyuk savdogari
Og Mandinoning millionlab nusxada chop etilgan kitoblari uni insoniyat taraqqiyoti muammolarini yechishga harakat qilgan buyuk yozuvchi sifatida dunyoga tanitdi.
-
Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'koni tarixi
“Zappos” onlayn savdo kompaniyasini o‘zining korporativ madaniyati, qadriyatlari bilan noyob kompaniyalardan biri sanaladi, ayni shu xususiyatlari tufayli u yuqori sur’atda o‘sdi. “Zappos” “Fortune” jurnalining 2009 yilda e’lon qilgan “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” ro‘yxatidagi debyutini yuqori reyting bilan boshladi. Xuddi shu yili uni «Amazon” 1,2 milliard dollardan ortiqqa sotib oldi.
-
Stiv Jobs
Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» asari ilk marotaba o‘zbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.