Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari

Har bir tadbirkor, rahbar va menejer o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar bor. Ulardan biri «Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari» kitobi hisoblanadi.

48 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
6 o'qigan
 
2 Taqriz
Raqobat juda kuchli, mijozlarni jalb qilish, bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, haqiqiy o‘ziga xos xizmat yoki mahsulot yaratish qiyin bo‘lgan holatlarda «moviy ummon strategiyasi» sizga yordamga keladi. Ushbu kitob iqtisodiyotda o‘ziga mos o‘rnini topishni ko‘zlagan har bir tadbirkorga tavsiya qilinadi. Ushbu kitobning mualliflari "moviy ummon strategiyasi"ga qanday erishish mumkinligini yorqin misol va tahlillar orqali kursatib berishgan. Buning uchun ular 30 dan ortik sohada 150 ga yakin tadqiqotlar o‘tkazishgan, tadqiqot natijalarni taxlil kilishgan. Mazkur kitobda "moviy ummon strategiyasi"ga erishish yo‘llari. iqtisodiy xatarlarning oldini olish usullari, raqobatchilarsiz sohalarni yaratish yo‘nalishlari xaqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu qo‘llanma 3,5 million nusxada sotilib beshta kit’ada juda keng tarqaldi. Kitob shu davr ichida 43 tilga tarjima kilindi, bu esa o‘ziga xos rekorddir. Natijada "Moviy ummon” atamasi tadbirkorlik, ishlab chiqarish va biznes soxasida mustaxkam uringa ega bo‘ldi. "Moviy ummon strategiyasi"ga jaxon miqyosida (internet, gazeta, jurnal, radio va televideniya) 400 mingdan ortiq ijobiy fikrlar qoldirilgan va bu raqamlar yanada o‘sib bormokda.
Kitob nomi: Moviy ummon strategiyasi. Raqobatchilarsiz bozorni topish yoki yaratish strategiyalari
Kitobning asl nomi: Blue ocean strategy
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Qattiq / 384
ISBN: 978-9943-6656-4-4
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 20-dekabr 2021 y. 17:55

    224

    Kitobni olib bolmasa, oqibam bomasa nimaga yolgondan obuna qildiraslaru lekin oqib bomasa bunga qanday javob bera olasizla? Hech bomasa saytni ozida kottoro qilib qoysela bomidimi? Agar adashib topomagan bosam uzur

    Baholash: 0
  • 18-noyabr 2021 y. 19:36

    302

    Chan Harvard professori - uning raqobat haqidagi bo'lishgan fikrlari bu kitobda ancha as qotadi. Masalan Kanadadagi Sirk de Sole qanday qilib yo'q bo'lib ketayotgan sohani innovatisiya va yangilik yaratish orqali saqlab qolgani haqida amaliy ma'lumotlarni ko'rish mumkin. 

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar