-
Noldan birga
Amerikalik biznesmen Piter Tilning dunyoga mashhur asari. Unda bir qancha o'ziga xoh qarashlar bayon etilgan. Bu kitob asosan yosh tadbirkorlar, investorlar uchun mo'ljallangan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Amerikalik professor Charlz Uilanning navbatdagi dunyoga mashhur asari "Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi".
-
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Muallif, taniqli moliyaviy tahlilchi, moliyaviy erkinlikning 3 ta asosiy omilini ko'rsatib beradi. Ma'lum bo'lishicha, hamma narsa juda oson va sodda, va eng muhimi - bu omillar ishlaydi! Siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa - kundalik vazifalaringizni biroz o'zgartirish va siz allaqachon o'zingiz xohlagan narsaga pul tejabgina qolmasdan, balki sarmoya kiritishni ham boshlashingiz mumkin.
-
Men va Pul
Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
-
Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'koni tarixi
“Zappos” onlayn savdo kompaniyasini o‘zining korporativ madaniyati, qadriyatlari bilan noyob kompaniyalardan biri sanaladi, ayni shu xususiyatlari tufayli u yuqori sur’atda o‘sdi. “Zappos” “Fortune” jurnalining 2009 yilda e’lon qilgan “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” ro‘yxatidagi debyutini yuqori reyting bilan boshladi. Xuddi shu yili uni «Amazon” 1,2 milliard dollardan ortiqqa sotib oldi.