-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
1984
Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar e’tiboriga yetkazilmoqda. "1984" romani "BBS talqinidagi eng yaxshi 200 ta kitob" ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarixidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-o‘rinni egallagan. 2017 yilda ushbu kitob AQSHda eng ko‘p sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni o‘qish mobaynida bilib olishingiz mumkin.
-
Molxona
Mashhur frantsuz inqilobchisi Dantonning «Inqilob oʼz farzandlarini Saturn xudosi kabi yeb bitiradi» degan iborasi ham asara oʼz aksini topgan. «Molxona» Rossiyada boʼlib oʼtgan 1917 yilgi inqilobga va SSSRdagi tuzumga nisbatan allegoriya shaklida yozilgan. Oruell bu asarini 1943 yil noyabrь oyidan 1944 yil fevraligacha yozib tugatgan.