Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

1984

Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar e’tiboriga yetkazilmoqda. "1984" romani "BBS talqinidagi eng yaxshi 200 ta kitob" ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarixidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-o‘rinni egallagan. 2017 yilda ushbu kitob AQSHda eng ko‘p sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni o‘qish mobaynida bilib olishingiz mumkin.

15 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
10 o'qigan
 
2 Taqriz
Jorj Oruell o‘z asari orqali, balki o‘tmishni tasvirlagan, balki kelajakni bashorat qilgandir. Kimdir nafrat daqiqasida nafratlanayotgan yoki nafratlanishga majburlangan bo‘lishi, ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, ongsizlik holatidagi Parson esa bizga zamondosh bo‘lishi mumkin.Kitobning oxiriga yetmay turib, o‘quvchida fikr uyg‘onadi: bizni hozir aldashmayaptimi? Balki, asar bilan tanishgan kishi statistika, keltirilayotgan yangiliklar, olamshumul marralar haqidagi hikoyalarga shubha bilan qaray boshlar. Oruell dahshatli, qayg‘uli voqealarni, shu bilan birga siz va bizga tanish haqiqatni tasvirlaydi. U kishilarni manqurt bo‘lmaslikka, fikrlashga, o‘z so‘zini aytishga chaqiradi, so‘z va fikr erkinligi mavjudligini eslatadi. ​
Kitob nomi: 1984
Kitobning asl nomi: 1984
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz tilida
Formati: Yumshoq / 296
ISBN: 978-9943-23-146-7
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 16:57

    88

    Avvalo asarni mahorat bilan tarjima qilgan Karim Bahriyev va "Asaxiy books" ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu kitob bir necha yirik nashriyotlar tominidan insoniyat tarixidagi eng zo'r 10 kitobdan biri deb tan olingan ekan.

    Juda og'ir kitob. Molxona asaridan keyin bunisi juda og'irlik qildi. Katta Og'a uchun odamni jismoniy yo'q qilish bu zafar emas, uni aqli, tafakkuri va fikrlashini boshqarish g'alabadir. Turli chidab bo'lmas qiynoqlar orqali o'zligidan mahrum etadi. Natijada inson tirik murda, manqurtga aylanadi. Katta Og'a kaminaga Stalinni, Goldstein esa Trokiyni eslatib yuboradi. Kitob bizga Sovet davridagi alamli kunlarimizni eslatadi, undagi ayanchili kunlarni tushuntiradi.

    Bu asar orqali siyosiy hayotga kirib …

    Baholash: 0
  • 4-mart 2023 y. 16:43

    121

    Ilk bor Diplomatiya universitetidagi talabalik kezlarim rus tili darsida auditoriyadan tashqari ("внеаудиторка") kitob o'qish topshirig'i tushgandi. Oson asarlar tanlash mumkinmasidi, men esa qahramonlik qilib, baland dorga sakragandim. Xullas, tanlovim jorj Oruellning "1984" bo'lgandi. Hali u payt u o'zbek tiliga tarjima qilinmagandi. Bu qarorga kutubxonada do'stlar bilan dars qilib o'tirib, mutlaqo tasodifan maslahat berishgandi. Xullas, tanlaganim antiutopiya janridagi bu kitob keyinchalik eng manzurlar orasidan joy olishini o'sha paytda hali bilmasdim. 

    Jorj Oruellning "1984" asari mening sevimlilarim TOP-3 taligida turishi rost. Shundanmi, u haqida yozish mendan anchayin katta ma'suliyat talab qiladi. Bunga hozir qaror qilishimga esa, kuni kecha "ma'naviyat nima? u bizga …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar