-
Sir. Oshiqlar o'lmas!
Siz uchun yozish - dardimga sherik topishim, sirimni kimgadir ishonishim demakdir. Aytishga qo'rqqanlarimni so'zlashning bag'rida siz uchun yashirmoqdir.
Siz uchun yozish - allazamondan qolgan choyxonada kichkina kursida o'tirgancha choy ichib, ko'ngildan kechganlarni bir do'stga gapirib berayotgandek uyalmasdan, tortinmasdan, bekitmasdan va bekinmasdan to'lib-sochishdir.
-
Men. Bas qil, ey nafs!
Ba'zida yozishdan boshqa chora yo'qdek tuyuladi. Yozishdan boshqa malham yo'q deysan-u, yana yozaverasan. Bir chekkada yashirincha ko'z yosh to'kkan odamdek yana qo'lingga qalam olasan. Bu gal qalbim bir ajib hayol ortidan ketdi. Mushkul ishni orzu qildim, qiyin narsani yozishga niyat bog'ladim.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Omma psixologiyasi
Gustav Lebonning "Omma psixologiyasi " asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e'tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.
-
O'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlash
E’tibor berganmisiz, aksariyat hollarda ko‘pchiligimiz ikkilanamiz, fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Hadeganda yakuniy xulosaga kelavermaymiz. Bu esa o‘zimizga nisbatan ishonchsizlikni namoyon etadi. Shuningdek, omma oldida hayajon bosib, shaxsiy nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar bor. Ularda jo‘yali fikr, istiqbolli takliflar bo‘lsa-da, ko‘pchilik huzurida buni bayon etishga ojizlik qiladilar. Mashhur ruhshunos Deyl Karnegining mazkur kitobi o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Chunonchi, siz tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham boy ma’lumot olasiz. Ushbu kitob hayot yo‘lingizda doimiy hamrohingizga aylanadi, degan umiddamiz.
-
Qadam
"Qadam" - shunchaki tavsiya yoki tarjima asari emas, u tom ma’noda bir insonning "men"ini topgungacha bo‘lgan uzun va mashaqqatli yo‘lning tafsiloti, ro‘baru kelingan holatlarni izohlovchi hayotiy faktlar hamda misollar yig‘indisidir.
-
Ishqqa oid 40 qoida (+18)
Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg‘usi va odamlar orasidagi o‘zaro bir-birini tushunishday murakkab ruhiy muammolar mahorat bilan yoritib berilgan. Shuningdek, Sharqqa va Gʻarbga, o‘tmishda va hozirga oid motivlarning birlashib ketishi bilan o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi.