-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Qor odam
Andersenning ertaklari bugungi kunda ham eng ko‘p o‘qilayotgan asarlar sarasiga kiradi. Ularda bolalalarga xos bo‘lgan beg‘ubor kechinmalar, ezgulikning g‘alabasi, orzu-umidlarning ushalishi, yorug‘ olamda har birimiz har qadamda duch kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea, hodisalarning o‘zgacha talqini tilga olinadi. Mazkur ertaklar katta-kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular tasavvuringizni boyitadi, aqlingizni charxlaydi. Olis manzillardagi ertaklarning mo‘jizaviy ohangi Siz, aziz kitobsevarlarni maftun etadi. -
Mumu
Ivan Sergeyevich Turgenev mashxur rus yozuvchisi bo'lib, u tabiat manzaralarini, hodisalarini, inson qalbi va tabiatini mohirona tasvirlagan so'z rassomi hissoblanadi.«Mumu» asarida soqov Gerasim o'zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig'dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho'ktirishni buyuradi. Gerasim o'zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho'ktiradimi yoki yo'qmi, buni hikoyani o'qish davomida bilib olasiz. Mazkur kitobdan I. Turgenevning «Bejin o'tlog'i» hikoyasi ham o'rin olgan. Sizga tengdosh bo'lgan o'smir yigitlar tun qo'ynida, olov atrofida bir-birlariga qiziqarli, dahshatli va qo'rqinchli voqealarni gapirib beradilar.
Rus tilidan Yoʻldosh Shamsharov, Madamin Ibrohimov tarjimasi
-
Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?
Tolstoyning bolalar uchun yozgan asarlarini har biri o'qish uchun foydalidir, ''Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?'' ertagi ham bunga yaqqol misol bo'laoladi, chunki ular adabiy tilda yozilgan bo'lib tushunish uchun juda oson. Yozuvchi ularga tushunarli shaklda chuqur axloqiy me'yorlarni qo'ydi.
-
Qaylardasan bolaligim
Xudoyberdi Toʼxtaboevning navbatdagi kitobini umumiy nom bilan "Qaydasan, bolaligim" deya nomlandi. "Qaydasan, bolaligim"ga Xudoyberdi Toʼxtaboevning biz bilgan va sevgan qissa va hikoyalar shu jumladan, ertaklar jamlangan. Har bir hikoya, qissa va ertakda yozuvchining bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sogʼinchlari haqida.