-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari
Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o‘ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o‘zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o‘y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to‘shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo‘lishning yechimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o‘qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz. Dunyoga mashhur ruhshunos Deyl Karnegi qoldirgan bebaho meros sizni yangi marralar sari undaydi, degan umiddamiz. Kitobda bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar misol tariqasida keltiriladi. O‘qing, uqing, qo‘llang. Ana shunda hayotingizda yangi sahifalar ochilganiga amin bo‘lasiz.