-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Mumu
Ivan Sergeyevich Turgenev mashxur rus yozuvchisi bo'lib, u tabiat manzaralarini, hodisalarini, inson qalbi va tabiatini mohirona tasvirlagan so'z rassomi hissoblanadi.«Mumu» asarida soqov Gerasim o'zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig'dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho'ktirishni buyuradi. Gerasim o'zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho'ktiradimi yoki yo'qmi, buni hikoyani o'qish davomida bilib olasiz. Mazkur kitobdan I. Turgenevning «Bejin o'tlog'i» hikoyasi ham o'rin olgan. Sizga tengdosh bo'lgan o'smir yigitlar tun qo'ynida, olov atrofida bir-birlariga qiziqarli, dahshatli va qo'rqinchli voqealarni gapirib beradilar.
Rus tilidan Yoʻldosh Shamsharov, Madamin Ibrohimov tarjimasi
-
Bolalik va o'smirlik ko'chalari
Erkin Malik qalamiga mansub bo'lgan ushbu "Bolalik va o'smirlik ko'chalari" qissasi barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek manzur kela oladi . Ushbu asar o'quvchilarga qulay bo'lishi uchun ikki xil yozuvda nashr qilingan bo'lib yosh-u qari uchun muommo tug'dirmaydi . Asar Tohir Malik so'zlari bilan boshlangan va qisqa qisqa har xil hikoyachalardan tashkil topgan bularga misol qilib: U qanday bolalik edi? , Acha hola va radiokarnay va boshqalar.
-
Garri Potter va afsonaviy tosh
Garryi Potter va hikmatlar toshi boshqacha nomi esa Garri Potter va afsonaviy tosh hissoblanadi. Inglizcha nomi bo'lsa " Harry Potter and The Philosopher's stone" . Asar ingliz bolalar yozuvchisi Joanna Ketlin Rouling qalamiga mansub. Fantezi janrida yozilgan roman boʻlib, adibaga kofta muvaffaqqiyat olib keegan. Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi. Roman birinchi marotaba 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi va jahon boʻylab 120 million nusxada sotildi. Buning natijasida eng koʻp sotilgan uchinchi kitob boʻldi. Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan video oʻyin . Harry Potter va hikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ham boʻldi.
-
Qaylardasan bolaligim
Xudoyberdi Toʼxtaboevning navbatdagi kitobini umumiy nom bilan "Qaydasan, bolaligim" deya nomlandi. "Qaydasan, bolaligim"ga Xudoyberdi Toʼxtaboevning biz bilgan va sevgan qissa va hikoyalar shu jumladan, ertaklar jamlangan. Har bir hikoya, qissa va ertakda yozuvchining bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sogʼinchlari haqida.
-
Shum bola
Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib balki varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin «Shum bola» qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho‘xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz adibimiz Gʻ. Gʻulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.