-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Odil Ahmedov. Orzuning shonli yo'li
Ushbu kitob o‘zbek futbolidagi fenomenal hodisa, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni sohibi Odil Ahmedovning futbolga kirib kelishi va faoliyati haqida so‘zlaydi. Uning futbol yulduzi bo‘lguniga qadar chekkan mashaqqatlari, og‘ir kunlarni qanday yengib o‘tgani batafsil hikoya qilinadi.