Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Odil Ahmedov. Orzuning shonli yo'li

Ushbu kitob o‘zbek futbolidagi fenomenal hodisa, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni sohibi Odil Ahmedovning futbolga kirib kelishi va faoliyati haqida so‘zlaydi. Uning futbol yulduzi bo‘lguniga qadar chekkan mashaqqatlari, og‘ir kunlarni qanday yengib o‘tgani batafsil hikoya qilinadi. 

4 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
1 Taqriz
Ushbu kitob o‘zbek futbolidagi fenomenal hodisa, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni sohibi Odil Ahmedovning futbolga kirib kelishi va faoliyati haqida so‘zlaydi. Uning futbol yulduzi bo‘lguniga qadar chekkan mashaqqatlari, og‘ir kunlarni qanday yengib o‘tgani batafsil hikoya qilinadi. Oila atalmish muqaddas dargohdagi chin insoniy tuyg‘ular, mehr-oqibat, ota-bola, aka-ukachilikning inson orzulariga yetishishdagi o‘rni yorqin aks ettiriladi. Kitob o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishda sobitqadam bo‘lish, ortga chekinmaslik, yaqin insonlarning ko‘magi va o‘gitiga amal qilishdek muhim hayotiy tamoyillarni ochib bergani bilan ahamiyatlidir.
Kitob nomi: Odil Ahmedov. Orzuning shonli yo'li
Kitobning asl nomi: Odil Ahmedov. Orzuning shonli yo'li
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq / 305
ISBN: 978-9943-7341-9-7
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi Kitob
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 6 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 30-yanvar 2022 y. 16:09

    487

    Baxtiyor Abdug'afurning ushbu kitobi 2021-yil nashrdan chiqdi.
    Futbolga qiziqmayman, lekin Baxtiyor akani bu kitobini chiqishini juda kutdim. Kitobni qo'limga olishim bilan birinchi kelgan hayol: nashriyot kitobni chiqarishda "kalla" qo'yibdi. Lekin unday emas ekan. Kitobni varoqlab institutdagi konspekt daftarlarim esimga tushdi. Daftarni to'g'ri ochilsa bitta fan, aylantirib teskari ochilsa boshqa fan. Bu kitobda esa, uni to'g'ri ochilsa asarni lotin yuzuvidagi ko'rinishi, aylantirib teskari ochilsa kirildagi ko'rinishi. Ajoyib! Bunaqa kreativ kitobni birinchi marta ko'rishim.
    Ushbu asar biografik asar bo'lib, unda o'zbek futbolchisi, rekord marta O'zbekistonning eng zo'r o'yinchisi, namanganlik Odil Ahmedov hayoti uning nomidan esini taniganidan boshlab to futboldan ketgunigacha bo'lgan vaqt …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar