-
Noldan birga
Amerikalik biznesmen Piter Tilning dunyoga mashhur asari. Unda bir qancha o'ziga xoh qarashlar bayon etilgan. Bu kitob asosan yosh tadbirkorlar, investorlar uchun mo'ljallangan.
-
Ritorika. Notiqlik san'ati
"Ritorika. Notiqlik san'ati" asarini muallifi falsafa fanlari doktori Irina Anatolyevna Leshutina bo'lib, asarning ruscha nomi "Риторика. Искусство публичного выступления" dir. Asarda o'z nomidan ko'rinib turganidek so'zlashish madaniyati, notiqlik san'ati haqida keng miqyosda so'z boradi. Ushbu asar yosh-u qari kitobxonga tavsiya qilishga arzigulikdir. Soʼz – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Аristotel. Insondagi hech bir narsa soʼzchalik kuchli taʼsir kuchi ega emas. Soʼz boʼlganda ham har qanday soʼz emas, balki badiiy adabiy til meʼyorlariga amal qilgan soʼzlar uni mahorat bilan goʼzal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega boʼladi.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Amerikalik professor Charlz Uilanning navbatdagi dunyoga mashhur asari "Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi".
-
Qarzdan qutulishning samarali usuli
Hech kim qarzga botishni orzu qilmaydi, hech kim “omadsiz” bo‘lishni orzu qilmaydi.Lekin, omad yo‘lida har kim shu ahvolga tushishi mumkin. Buni, o‘ziga xos tajriba deb bilsak buladi, hayotning o‘zi, bizni masʼuliyatli bo‘lishga o‘rgatayotgandek. Qarzlardan qutilib, omadli va boy bo‘lishga imkoniyatingiz yana-da ko‘payganini his qilishingiz mumkin.
Afsuski, bunday holatga tushgan juda ko‘p insonlar orzularidan voz kechib ortga chekinadilar. Joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turadi. Bu holat tajriba va bilim yetishmasligi tufayli yuz beradi.
-
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Muallif, taniqli moliyaviy tahlilchi, moliyaviy erkinlikning 3 ta asosiy omilini ko'rsatib beradi. Ma'lum bo'lishicha, hamma narsa juda oson va sodda, va eng muhimi - bu omillar ishlaydi! Siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa - kundalik vazifalaringizni biroz o'zgartirish va siz allaqachon o'zingiz xohlagan narsaga pul tejabgina qolmasdan, balki sarmoya kiritishni ham boshlashingiz mumkin.
-
Liderlar kitobi
«Liderlar kitobi» asari o’zida liderlikka intilish, g’oliblik uchun kurash, saodat va komillik uchun qat’iyat bilan qadam tashlash, jasurlik, mardlik kabi fazilatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Asarda nafaqat liderlik, balki yuksak insoniy fazilatlar, komillik haqida ham so’z boradi. Har bir lider o’zida yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishi, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil intilishi, qat’iy qarorlar qabul qilishi , bir so’z bilan aytganda rahbar emas, lider bo’lib shakllanishi kerakligi ta’kidlanadi. Lider qattiqqo’l rahbar sifatida emas, o’z xodimlarini tinglaydigan, o’z jamoasi bilan bir tan-u bir jon bo’lib harakatlanadigan, har jihatdan jamoaga o’rnak bo’ladigan shaxs bo’lishi kerak. Lider doimiy ravishda o’z ustida ishlaydigan shaxsiy xususiyatlari bilan ham o’rnak bo’ladigan, yordam berishdan charchamaydigan insondir. Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek : «Agar rahbar oddiy, samimiy bo’lib, «yerda» yurib, xalqning og’irini yengil qilsa, uning hurmati oshadi. Faqat stolda o’tirib, mashinada yurish bilan obro’ oshib qolmaydi. Hokim halovatga intilmasligi kerak , o’zini ishga bag’ishlashi kerak». Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu fikrlari asarning dolzarbligini oshiradi.
-
Super hayot
Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe'l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.
-
To'rtinchi sanoat inqilobi
"To'tinchi sanoat inqilobi" deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o'xshamaydi. "To'tinchi sanoat inqilobi" kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o'ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o'zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo'lishingiz mumkin.