Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari

Nega ayrim mamlakatlar farovonroq yashaydi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” mualliflari ushbu savolga ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob berishga bel bog‘lagan: farovonlik sababi iqlim, geografiya yoki madaniyat emas, balki mamlakatdagi institutlardir. 

Janri: Iqtisod
365 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
12 o'qigan
 
3 Taqriz
Qadimgi Rim va tyudorlar davridan to zamonaviy Xitoygacha bo‘lgan tarixiy va zamonaviy misollarga tayangan yetakchi olimlar – Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms A. Robinsonning taʼkidlashicha, kuchi va mablag‘ini tikishi uchun odamlar qattiq mehnat qilsa, boyishi mumkinligiga ishonishi zarur, bu esa innovatsiyaga rag‘bat, barqarorlik va tinchlikni taʼminlovchi ishonchli institutlar demakdir. Kitob mualliflari o‘zlarining o‘n besh yillik tadqiqotlariga asoslanib, Maks Veberdan to Jeffri Saks hamda Jared Daymondgacha bo‘lgan qator olimlarning nazariyalariga javob berdi.
Kitob nomi: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari
Kitobning asl nomi: Why Nations Fail: The Origins of Power, Prosperity and Poverty
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: English
Formati: Yumshoq / 694
ISBN: 978-9943-23-189-4
Nashr yili: 2012
Nashriyotchi: Crown Business
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 16:42

    115

    Asrlar davomida tarixchilar, iqtisodchilar va faylasuflarni xavotirga solib kelgan savollardan biri shunday: jahondagi tengsizlikning kelib chiqish sababi nima, nega umumboyliklar dunyo mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha notekis taqsimlangan? "Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi mualliflari bu savolga javob berishga harakat qilishadi. 

    Ularning izlanishlari xulosasi shuki, davlatlarning farovonlikka erishish darajasi ijtimoiy institutlarning rivojlanish darajasi bilan o'zaro yaqin korrelyatsiya qilinadi. Ya'ni uning qanchalik inklyuzivligiga bog'liq. Bu fuqarolar, turli ijtimoiy guruhlarning umumxalq mulkiga teng ega bo'lishini anglatadi. 

    Ko'pchilik iqtisodchilar va politologlar mamlakatlar tanazzuliga sabab qilib turli xil omillarni: geografik noqulay joylashuvi, diniy va madaniy o'ziga xosliklar, nomunosib rahbarlarni keltirib o'tishadi. Mualliflar bu faktorlarni rad qilishadi va …

    Baholash: 0
  • 8-iyun 2022 y. 21:50

    317

    Man bu kitobni o'qimoqchiman. Oqigaye nima munchaMan bu kitobni o'qimoqchiman. OqigMan bu kitobni o'qimoqchiman. Oqigaye nima munchaMan bu kitobni o'qimoqchiman. Oqigaye nima munchaaye nima munchaMan bu kitobni o'qimoqchiman. Oqigaye nima muncha

    Baholash: 0
  • 20-dekabr 2021 y. 4:58

    309

    Yaxshi playforma ochilibdi.

    korib xudmrsand boldim.

    faqat ozgina muammo bor.

    Qanday oqisam boladi.

    Man bu platformada yangiman.

    Qanday qilib oqisam boladi.

    998911781317

    Telegram bor.

    Oldindan rahmat.

    Manga bu judaham muhim.

    Kitob ustiga bosganimda, oqimoqchiman tugmasini tanladim.

    Bundan keyin nma qilish kk

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar