Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Yuqumlilik. Mahsulot va g'oyalar qanday ommalashadi

Mahsulot va g‘oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega ba’zi ma’lumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega?

55 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
5 o'qigan
 
1 Taqriz
Gʻoyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba’zi mavzular haqida ko‘proq suhbatlashamiz va unga oid ma’lumotlarni boshqalarga ulashamiz? Bu kabi savollar o‘z mahsulot, xizmat va g‘oyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketologlar, jurnalistlar, matbuot kotiblari, PR menejerlar va blogerlarni qiziqtirishi shubhasiz. Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Qo‘lingizdagi qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki g‘oyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qo‘llanmadir.
Kitob nomi: Yuqumlilik. Mahsulot va g'oyalar qanday ommalashadi
Kitobning asl nomi: Contagious: Why Things Catch On
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Qattiq / 248
ISBN: 978-9943-23-180-1
Nashr yili: 2013
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 31-oktabr 2021 y. 15:14

    356

    Asarning ilk 50 varag'ini diqqat bilan mutolaa qildim. Uyog'ini scanning and skimming qilib ko'rdim.

    Kitob yaxshi, kerakli fikrlar berilgan, Mish-mishlar reklamaga qaraganda yaxshiroq foyda berishi aytilgan. Qo'shilaman, ba'zi g'oyalar ommalashishi uchun ba'zi omillar kerakligi aytilgan va ular sanab o'tilgan.

    Prinsipi yaxshi asar, ammo bu gaplarni 40 varaqqa ham sig'dirsa bo'lardi. 250 varaqni o'qib o'tirish  shunchaki azob va zerikarli.

    Yoqimli mutolaa!

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar