-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.
-
0 dan boshlangan biznes. Lean Startup uslubi
„Nol"dan boshlangan biznes" kitobi tadbirkor qanday qilib muvaffaqiyatli biznes yaratishi haqida emas. U aynan biz qiladigan hamma narsani yaxshilashni o‘rgatadigan biznes haqidagi kitobdir.