-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Jayhun ustida bulutlar
Iste'dodli yozuvchi Mirkarim Osim qalamiga mansub bo'lgan asar " Jayhun ustida bulutlar" asaridir. Ushbu asar tarixiy qissa janrida yozilgan va u Beruniy haqidadir.
-
Ufq
Iste'dodli yozuvchi Said Ahmadning ushbu "Ufq" trilogiyasi yozuvchi ijodidagi yangi janrgina bo'lib qolmay, balki o‘zbek adabiyotida ham yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada Said Ahmad Ikkinchi jahon urushining shiddatli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnatlari, qahramonliklari haqida hikoya qiladi va urushdan oldingi, keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.O'sga davrga xos bo'lgan qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o‘t-olov bo‘lib yongan oshiq-ma’shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro‘baro‘ bo‘lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa’riga singib ketadi… Siz mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma’lumotlar bilan tanishasiz, balkim hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta’sirida toblanishiga amin bo‘lasiz.
-
Muvozanat
Ushbu "Muvozanat" asari yozuvchi Ulug'bek Hamdam qalamiga mansub bo'lib, roman janrida yozilgan. Adibning "Muvozanat" romani va " Tosh" hikoyasi Amerikada e'tirof etildi. Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam “Muvozanat” romanida xohlagan harakatlanayotgan narsada muvozanat bo‘lmasa, u muvozanatsizlikka yo‘liqishi, biz yashayotgan hayotda juda ko‘p muvozanatlar borligi va balki biz aynan shu muvozanatlar bilan birga yashashimizni, bizni yashashga bo‘lgan ishtiyoqimizni ular ushlab turishi mumkinligini tasvirlaydi. Muvozanat” romani qahramonlari Yusuf, Amir, Sodiq, Oygul, Gulshoda taqdiri misolida insonning moddiy va ma’naviy (ruhiy) hayotda muvozanatni saqlay bilishi kerakligi, o‘z insoniy qiyofasini yo‘qotmaslik uchun kurashishi lozimligi, har qanday qiyinchilik, mashaqqatlarga bardosh berishi shartligi ko‘rsatib berilgan.
-
Fotima va Zuxra
Taniqli yozuvchilardan biri bo'lgan, O'lmas Umarbekovning ''Fotima va Zuhra '' romani 1994-yilda adib umrining so'ngi yillarida yozilgan. Asarda milliy ma'naviyatimizdagi salbiy jihatlar, illatlar sarguzasht yo'sinida aks ettiriladi. Muallim oilasida ulg'aygan ,ammo jinoyatchilar to'dasiga qo'shilib qolgan erka o'g'il Hamidullaning qimor o'ynab singlisi Fotimani yutqizib qo'yishi bilan ketma -ket turli fojialarga yo'l ochadi. Asar asosida 2005-yilda kinofilm suratga olingan. Film ssenariysini "Fotima va Zuhra" motivlariga asoslangan holda Bahrom Yoqubov hamda Ulugʻbek Zufarovlar yozgan. Postanovkachi rejissor — Bahrom Yoqubov, prodyuser — Avaz Tojixonov. Filmdagi Fotima rolini aktrisa Gulchehra Eshonqulova, Zuhra rolini esa aktrisa va qoʻshiqchi Shahzoda ijro etgan[3]. Filmda yana mashhur oʻzbek aktyor va aktrisalaridan Ubaydulla Omon, Raʼno Zokirova, Ulugʻbek Qodirov, Lutfulla Saʼdullayevlar rol ijro etgan.
-
Tushda kechgan umrlar
''Ikki eshik orası '', ''Dunyoning ishlari'' Bahor qaytmaydi" singari mashxur asarlar muallifi hissoblangan O'tkir Hoshimovning yana bir mashxur va kitobxonlarning qalbidan joy olgan asarlaridan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Roman 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan. 1994-yilda esa, Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. " Tushda kechgan umrlar" romani muallifning eng mashhur asarlaridan biri.
-
Qoraquyun
"Shuhrat" medali sovrindori, iste'dodli yozuvchi yosh-u qari kitobxonga ma'lum-u mashxur bo'lgan, Normurod Norqobilov asarlari bilan kitobxonlarga juda yaxshi tanish. Normurod Norqobilovning "Qoraquyun" nomli asari roman janrida yozilgan va romanda tog‘lik bo'lgan bir yigitning tutqunlikka tushib qolishi, ozod bo‘lgandan so'ng esa , yigitni qullik chohiga uloqtirgan kimsadan qasos olish niyatida bir jonivorni "jonli o‘q" sifatida qafas, ya'ni g‘ulda tarbiyalashi aks ettirilgan. Asarda yana ozod inson tutqundagi insonning ruhiyatini anglab yetmoqqa qodir bo‘lmaganidek, inson ham tutqundagi jonivorning botinida yuz berayotgan evrilishlarni idrok etmoqqa ojiz ekanligi mohirlik bilan tasvirlab berilgan.
-
Makorim ul-axloq
Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.
-
Otamdan qolgan dalalar
Tog‘ay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida muhim hodisa bo‘lgan. Asar ramziy roman bo'lib , 1986—1991-yillarda yozilgan. Birinchi marotaba „Yoshlik“ jurnalining 1993-yildagi sonida e'lon qilingan. Toʻliq tarzda 1994-yilda Sharq nashriyot-matbaa konsernining bosh taxriryati tominidan 272 betli qattiq muqovada 75000 nusxada nashr etilgan. Soʻnggi marotaba 2018-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 360 betli 5000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Togʻay Murod 1993-yilda Qodiriy nomidagi davlat mukofotini "Otamdan qolgan dalalar" romani uchun qo'lga kiritgan. Asar asosida 1998-yilda rejissor Shuhrat Abbosov tomonidan shu nomli toʻliq metrajli film suratga olingan.