-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Jayhun ustida bulutlar
Iste'dodli yozuvchi Mirkarim Osim qalamiga mansub bo'lgan asar " Jayhun ustida bulutlar" asaridir. Ushbu asar tarixiy qissa janrida yozilgan va u Beruniy haqidadir.
-
Makorim ul-axloq
Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.
-
Mantiq ut-tayr
"Mantiq ut-tayr" fors tilida yozilgan bo'lib, uning forscha nomi– منطق الطیر, oʻzbekcha nomi esa– "Qushlar nutqi". Asar eronlik shoir Fariduddin Attorning fors tilida yozilgan 4500 misradan iborat sheʼriy toʻplamidir. Ushbu asar tasavvufiy shayx ramzida Hudhud nomli qushning boshqa 30 turdagi qushlar guruhi bilan boʻlgan majlisi va ularning safarlari haqida hikoya qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan.„Mantiq ut-tayr“dan taʼsirlangan buyuk turkiy shoir Alisher -
Navoiy
"Navoiy" tarixiy-biografik roman bo'lib, roman voqeasi 18 yoshli yigit bo'lgan, Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Roman voqealarining oxiri Navoiyning o‘limini aks ettirish bilan tugaydi. Asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi.
-
Mehrobdan chayon
Qodiriyning ikkinchi yirik asari hissoblangan, „Mehrobdan chayon“ asari 1928-yil fevral oyida yozib tugatilgan va 1929-yil Samarqandda bosilib chiqilgan. Roman mavzui ham XIX-asr adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atalishiga sabab shuki: ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Shuningdek romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.
-
Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub "Boburnoma"asari oʻzbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asardir. Asar eski oʻzbek ya'ni chigʻatoy tilida yozilgan va taxminan 1518/1519-yildan 1530-yilda yozib tugatilgan. "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlari ham mavjud. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan va ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.
-
Turkiston qayg‘usi
Alixontoʻra Sogʻuniy "Turkiston qaygʻusi" asarida Tukiston xalqining mustabid tuzumga qaram boʻlib qolganini davlat arbobi sifatida siyosiy va ijtimoiy jihatdan tahlil qilib ochiqlashga harakat qiladi.