Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Maqola, risola Biografiya, Memuarlar esse Doston Tarix Ma`naviyat va ma`rifat Sarguzasht Roman Ilmiy fantastik Hadislar Qur'on ma'nolari Hadislar She'riy To'plam Epik She'riy qissa Roman Roman Siyosiy Ijtimoiy-fantastik Badiiy adabiyot Roman Drama->romantika Biografiya Operatsion tizimlar Internet Kompyuterlar haqida adabiyotlar Ma'lumotlar ombori Dasturlar Dasturlash IT adabiyotlar Rus tilidagi kitoblar Nemis tilidagi kitoblar Turk tilidagi kitoblar Fransuz tilidagi kitoblar Ingliz tilidagi kitoblar Soch turmaklari To'g'ri ozish Sport va fitnes To'g'ri ovqatlanish Kosmetika Sog'liq Raqs Dizayn Televideniya Kino va teatr Ixtirolar Musiqa Sirk Opera va balet Arxitektura Fotograflik san'ati Mashinalar O'simliklar olami Bog'dorchilik Fotograflik san'ati Ov Ta'til va sayohat Uy hayvonlari Moda Bolalar tarbiyasi Retseptlar Psixologiya tarixi Jahon psixologiya Psixologiya asoslari Oila Shaxsiy rivojlanish Amaliy psixologiya Bolalar psixologiyasi Klassik psixologiya Umumiy psixologiya Siyrat Payg'ambarlar tarixi Oila haqida Islom dini Bolalar uchun Lug'atlar Abituriyentlar uchun qo'llanma Ensiklopediya Qishloq xo'jaligi darsliklari Maktab darsliklari Texnik adabiyotlar Harbiy adabiyotlar Ilmiy-ommabop adabiyotlar Tibbiy adabiyotlar Bolalar diniy adabiyotlar Bolalar she'riyati Bolalar psixologiya Bolalar sarguzasht Bolalar detektiv Ertaklar Xorijiy diniy adabiyotlar Xorijiy jangari Xorijiy psixologiya Roman Xorijiy sarguzasht Xorijiy detektiv Jahon klassikasi Xorijiy bolalar adabiyoti Klassik dramaturgiya O'zbek adabiyoti Roman va hikoyalar Folklyor 20 asr adabiyoti 19 asr adabiyoti 18 asr adabiyoti Mijozlar bilan ishlash Vaqtni boshqarish Samaradorlik Notiqlik san'ati va Ritorika Sotuv Onlayn biznes Audit Ish izlash va karyera Kadrlar bilan ishlash Iqtisod Siyosiy boshqaruv Startup va biznes boshlash Korporativ madaniyat Kichik biznes Moliya Ko'chmas mulk Investitsiya, Qimmatli qog'ozlar Bank ishlari Marketing, PR, reklama Boshqaruv Chet tilidagi kitoblar Sog'liq va go'zallik Madaniyat va san'at Uy, Oila, hobbi Psixologiya va rivojlanish Diniy adabiyotlar Ilmiy adabiyotlar Bolalar adabiyoti Jahon adabiyoti Klassik adabiyot Biznes kitoblari
  • 20-may 2023 y. 21:10

    210

    Kitoblarni o’qiganda undagi gaplar sizni o’zgartirsa, yangi maqsadlar belgilashga sababchi bo’lsa, o’z yo’lingizdagi mujmalliklarga javob berolgan kitob bo’lsa uni hayotimni o’zgartirgan kitob deb atash mumkin. Shu paytgacha biron motivasion kitob yoki biznes kitoblarni o’qiganda hech o’zgarish sezmaganman. Ammo yaqinda men tugatgan kitob Grigoriy Petrovning “ Oq nilufarlar yurtida “ kitobi bo’ldi. Avval kitob nima haqida ekanligiga to’xtalsak va yoqqan, fikrlashimga ta’sir qilgan jihatlarni sizga ham tavsiya qilaman.
    Kitob muallifi haqida.
    Grigoriy Petrov haqida kirish qismida qisqacha va to’liqona ma’lumot berilgan. Uni o’qir ekansiz yurti uchun biroz o’zgartishni hohlagan, ammo bu ishlari uchun doimo taqibda bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Ammo ziyoliligi, yangicha o’zgarishlar zarurligi ko’rsatib berishga harakati sababli qayerga bormasin o’z qadrini topgan edi. Muallif Finglandiyada ko’rganlarini ajoyib tarzda ixcham va qiziqarli qilib berolgan va bu kitobni muvaffaqiyatini ta’minlay olgan.
    Asarning o’zgacha uslubiyligi haqida.
    Asarda sizga olib qochilgan, qulog’ingizga lag’mon osish maqsadida ma’lumotlar, fikrlar yozilmagan. Unda sizga haqiqiy voqelik ko’rsatilgan. Finlandiya qanday qilib dunyoda ta’lim sohasida birinchi o’rindaligi ko’rsatilgan. Finlandiyada hozirda olti million atrofida aholisi bo’lsa-da davlat ta’limning rivojini qo’llab quvvatlagan. Bizdagi hamma o’quvchilardan eng aqllilarini o’qishini kuchaytirish eskirgan tizimidan farqli ravishda Finlandiyada har bir o’quvchiga sifatli ta’limni bera olish orqali yuksak fuqarolarni tarbiyalashni maqsad qilgan.
    Finlandiyaning hozirgi rivojlangan ta’limini bu darajaga olib chiqish XX asr boshlarida juda qiyin bo’lgan va Snelman ismli ziyoli bu uchun kurashdi. Kiobni o’qish davomida shunday inson xalqimizga kerak, undaylardan yuzlab, minglablarini tarbiyalash zarur deb o’ylab qolasan.
    Mutolaadagi o’ylar ….
    Yurtimizda o’zgartish kerak, mana bunday kamchiliklar bor, mana bunday qatlamga yordam berishimiz kerak deb ko’p gapiriladi. Ammo muammoning asl ildiziga esa e’tibor qaratishni unutib qo’yamiz. Aytish, kamchilik qidirish boshqa, uni hal qilishni o’zidan boshlab o’rnak bo’lish boshqa. Avval o’zingiz boshlamas, boshqalarga targ’ib qilmas ekanmiz, quruq gaplar bilan bunaqa qilamiz, unaqa qilamiz deb qolayveramiz. O’zim shu kitobni o’qib bo’lgach o’z oldimga maqsadlar qo’ydim: yoshlarni kitobning ahamiyatiga qiziqtirish, yoshlar orasida yurtini o’ylaydigan Snelmanlarni kashf qilish, muammolarga o’z hissasini qo’shish orqali harakatimni qilishni maqsad qildim. Siz ham O’zbekiston fuqarosi ekansiz oddiy narsalar orqali, atrofingizdagilarga ozgina bo’lsa ham yangicha o’zgarish sababchisi bo’ling.
    Ta’lim rivojlanishimizga engkerak factor. Usiz biz rivojlana olmaymiz va yoshlar ta’limidagi bir xillik bilan esa faqatgina arzon ishchi kuchi yarata olamiz. O’qituvchining turmushida oziq-ovqat va qo’shimcha pulga ehtiyoji bo’lar ekan, hech qachon o’z kasbiga vijdonan yondashmaydi. O’qituvchilik qilayotgan yoshlarni o’zim kuzatayotganimda doimo bir xil statusni kuzataman. Endi universitetda o’qiyotgan yoki bitirib kelgan yoshlar maktabga vaqtinchalik ish topguncha pul topsh maqsadida kiradi. Ayniqsa, bu qishloq joylarda seziladi. U keyin o’zi uchun karyera qiladigan ishni topgach maktabni tashlab ketadi. Nega tashlab ketadi deganda, yildan – yilga darslar kamayishi va oylikning yetmasligini sabab qilishadi. Fidoyilik so’ramqchi bo’lganingizda esa o’zidagi bilimim orqali kerakli pulni topib bo’lgach qaytaman deydi.
    Bitta inson Snelman Finlandiyada hamma odamlarni yurt rivoji uchun birlashtira oldi. Harbiylar, o’qituvchilar, ruhoniylar va boshqalarni oddiy so’zlardagi fidoyilik bilan birlashtira oldi. Oddiy so’zlar va qilinishi zarur ishlarning natijasi haqida gapirildi. Oddiy so’zlar bilan sizga katta maqsadlarga sherik qilishni ayta oldi.

    Shirinliklar qiroli Jarvinine o’z tanishlari bilan uch sohada katta ishlarni qilishni maqsad qilib o’z shirinliklari bilan dunyoga finlarni tanita oldi. Uning nutqidagi oddiy fin yoshning qaroqchilikdan oddiy otaga aylanguncha bo’lgan davri haqida aytib berar ekan, hammamiz xato qilishimizni, eng muhimi o’sha xatodan saboq olib yangi qadamni qo’ya olishda. Hozir shu taqrizni o’qib yurtim uchun biron nima qilishga hali kechikdim, baribir shu davlat shundayligicha qoladi degan fikr bildirsangiz akangiz, ukangiz, do’stingiz sifatida xafa bo’laman. Sizdek yana o’nlab, yuzlab, minglab yurtdoshim shunday desa kim o’zgartiradi, kim yaxshi davlat qurishga xizmat qiladi.
    Yaxshi, farovon davlat qurishni yoshligimda bir insonga bog’liq deb bilardim, ammo bu kitobdan keyin esa har bir yurtdoshim harakat qilsagina bo’lishini tushundim. Har birimiz yonimizda, atrofimizdagi odamlarni fikrini, o’ylashini, rivojlanishini o’ylamasak o’z hissamizni bera olmaymiz. O’rtaholmisiz kasbingiz orqali hissa qo’shing, boymisiz bilimli yoshlarga investitsiya kiriting. Eng muhimi qo’lingizdan kelganini qiling. Eng muhimi – Qiling. Mana shu kitob menga shuni o’rgatdi.
    Qanchalik ta’limizni ayblash, uni o’zgarmaydi deb qaror chiqararkanmiz, yanada o’zgarishdan uzoqlashamiz. Qanday qilib bunga yechim topamiz, men qanday hissa qo’sha olardim deb qarasangiz fikringiz uzluksiz g’oyaga aylanadi.
    Uzrnoma:
    Men kitob haqida emas, undan olganlarim, fikrlarim haqida ayganim uchun uzr so’rayman. Kitob haqida qancha ko’p aytsam uni o’qishingizga bo;lgan qiziqishni kamaytirish mumkin. Kitobni o’qing va uni o’qib tugatgach, nima qilsam hissa qo’sha olaman degan fikr paydo bo’ldimi? Unda kitob sizga ham yordam beribdi.
    Kitobni tarjima qilgan Niyatga esa alohida tashakkur, chunki kitobda u o’zining izlanishlari orqali hozirgi Finlandiyani ko’rsatish orqali kitobning ahamiyatini tushuntira oladi. Kitobni chiqargan nashriyot esa katta yutuqqa erishgan deb hisoblayman. Chunki bunday mavzudagi kitoblarni ko’payishidagi qadamlarga hissasini qo’shdi.
    Kitobni bir marta o’qing va olganlaringizni qayd qilib bo’lgach atrofingizdagi yoshlarga ham o’qishga bering! Buni doimiy qiling. U ham yurtimga nima qilsam? Degan savolni o’ziga bersin. Ana shunda kitobning yanada ahamiyatini oshiramiz.
    P.S. Uzun bo’lib ketganchalkam taqrizim uchun uzr so’rayman. Kitobdan shucnhalik katta ozuqa oldimki, uni tartiblashga ham qiynalib qoldim. Har bir yurtdoshim, har bir yurtimni o’zgartiraman degan yurtdoshim shu kitobni o;qishini tavsiya qilaman.

    Vaqt oʻtgani sari avlodlar oʻzgarib boryapti. Har bir avlod oʻzi bilan birga yangi tushunchalar, yangi ehtiyojlar va talablarni hosil qilyapti. Yangi avlodga eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan boshqaruv shakllari va qonunlarini tatbiq etilishi mumkin emas. 
    Agar siz yoshlik ruhini ishlov berilmagan eʼtiborsiz dalaga oʻxshab tashlab qoʻysangiz, u yerda begona oʻtlar va tikanlar oʻsib chiqadi. Ota-onalar ham farzandlarining yuragi va miyasini ishlatmasdan oʻz holicha qoldirsalar, u yerlarda istalmagan odatlar va xatti-harakatlar paydo boʻladi. 
    Maʼrifatli boʻlish modaga mos kiyimlarni kiyish yoki dazmollangan yoqalar va zamonaviy shlyapalar kiyish degani emas. Xalq sizga yaxshi maosh olish uchun yoki oqshomlar oʻqish deb nomlangan joylarda karta va domino oʻynashingiz uchun oʻqitib tarbiya bermadi. Oʻquvchilarning barchasi milliy ongni rivojlantirish, milliy vijdonni uygʻotish va milliy irodani mustahkamlashga majburdirlar. 
    Tarixda shunaqa millatlar boʻlganki, erkakliklar bilan, haybatlari bilan koʻzni quvnatardi. Ammo ular oxir-oqibat umumiy axloqsizlikning qurboniga aylanishdi. Men sizlarni ommaviy ravishda chirishdan koʻra, bir intelektual uygʻonishga daʼvat qilaman! Kitobimning har boʻlimining, har bir sahifasining oxirida men oʻquvchilarimga shuni eslatib qoʻymoqchiman: Siz qachon hayotdagi yaratuvchanligingizni boshlaysiz? Ey Ayol yoki Erkak, siz qachon hayotda boʻlgan qarashingizni toʻlaysiz?
    Grigoriy Petrov - "Oq nilufarlar yurtida"
    Menimcha bu kitobni hayotining koʻp qismini oila roʻzgʻoʻrini tebratishi uchun tinnnnnnnmay ishlaydigan, buni evaziga esa bolalari bilan shugʻullanishga vaqt topa olmaydigan "oʻttta ishchan" ota-onalar ham ANNNNIQ oʻqishlari shart va zarurdir.

    Bu asar – botqoqqa botib qolgan finlarni qanday qilib gurkirab rivojlanib ketganligi haqidagi kitob. Asarda bir qancha fin ziyolilari ta'lim tizimini o'zgartirish orqali millatning uyg'onishiga hamda rivojlanishiga erishganligi tasvirlab berilgan.  
    Iqlimi sovuq hamda asosiy qismi botqoqlik bo'lgan Finlandiya 600 yil davomida Shvetsiyaga, yuz yildan ziyod vaqt Rossiyaga qaram bo‘lgan. 1917 yildan so‘nggina mustaqil davlat sifatida dunyo miqyosiga chiqa boshlagan. Ozodlikka erishgan finlar taraqqiyotni ta'limda ko‘rdi.  Ular xalqni hamda davlatni rivojlanishiga faqat ta'lim orqali erishish mumkinligini isbotlab berdi.  
    Rivojlanayotgan davlatlar Finlyandiya tajribasiga qaraganda bir jihatga katta e’tibor qaratishlari lozim — ya’ni nimadir o‘rganmoqchi bo‘linsa, Finlyandiya ta’lim tizimining hozirgi holatdan emas, 50-60 yil oldingi holatiga va o‘sha davrlardagi muammolarni yechish uchun qaysi bosqichlarni bosib o‘tganiga qarashi lozim. Kitobda Finlandiyaliklar o'sha bosqichlardan, muammolardan qanday o'tganligi batafsil yoritilgan.

    Baholash: 0
Izohlar 0